Ötgan hafta davomida Volga böyi hududlaridan antitsiklon hisobiga kirib kelgan salqin havo asta-sekin kuçsizlanadi. Salqin havo şarqqa Qozoğiston hududi tomonga qarab çekinadi.
Bugun, 13 sentyabr kuni Özbekistonda harorat 27-32 daraja bölgan quruq va nisbatan salqin havo bölişi kutilmoqda, bu uşbu kunlarning meʼyoriy qiymatlariga yaqindir.
Ertaga va haftaning oxirigaça respublika hududi böyiça kam bulutli va quruq ob-havo saqlanib turadi. Keçasi va erta tongda havo 12-15 daraja atrofida salqin böladi, kunduz kunlari esa quyoş nurlari havoni isitadi va harorat seşanba kuni 29-34 darajadan – hafta oxiriga kelib 32-37 darajagaça asta-sekin kötariladi.









