Koronavirus Xitoy qamoqxonalariga ham kirib bordi

Koronavirus Xitoy qamoqxonalariga ham kirib bordi

Şandun viloyatida joylaşgan “Jençen“ qamoqxonasida virus tarqalişi oqibatida bir yöla 200 nafar mahbus va xavfsizlik xizmatining 7 nafar xodimi kasalga çalingani aniqlangan.

Turmadagi 2077 nafar mahbus tekşiruvdan ötkazilgan va ularning 200 nafarida virus aniqlangan. Ayni paytda ular alohida xonaga olinib, davolanmoqda.

Hukumat tarqatgan xabarga köra, fevral oyi örtalarida qamoqxonaning xavfsizlik xizmati xodimlaridan biri qattiq yötala boşlagan. Ertasi kuni tekşiruvdan ötkazilib, uning koronavirus yuqtirgani tasdiqlangan. Şundan keyin turma rahbariyati virus tarqalib ketişining oldini oliş uçun zudlik bilan kerakli çoralarni körgan. Ammo keç bölgan edi. Röy bergan hodisa tufayli viloyat Adliya boşqarmasi rahbari Tsze Veytszyun öz vazifasidan ozod etilgan.

×