Jahon soğliqni saqlaş taşkilotining koronavirus havo tomçilari orqali yuqişini istisno eta olmasligi haqidagi bayonoti qizğin muhokama qilinmoqda.
Mazkur masala böyiça bir neça oylar davomida olib borilgan tadqiqotlarda koronavirusning havo orqali yuqişi aniqlandi. Keyingi paytlarda esa havo orqali yuqiş jarayoni qanday sodir bölişi haqidagi tadqiqotlar olib borilmoqda, deydi "Kun.uz".
Uşbu tadqiqot natijalariga köra, koronavirusga qarşi kuraşiş böyiça qabul qilingan çoralarga özgartiriş kiritilgan taqdirda qölni tez-tez yuvib turiş va ijtimoiy masofa saqlaş kabi tadbirlar qatoriga yangi qoidalar qöşilişi mumkin.
Ayni paytda koronavirusga asosan kontakt orqali yuqadigan virus sifatida qaralmoqda va tegişli çoralar ham şundan kelib çiqqan holda joriy etilmoqda.
Xöş, tomçi yöli va havo yöli orqali yuqiş örtasida qanday farq bor?
Tomçi yöli bilan yuqiş (5 mikrondan köp)
Yötaliş yoki aksiriş natijasida soçilgan tomçilar boşqa bir kişining köz yoki oğziga kirişi mumkin.
Havo yöli bilan yuqiş (5 mikrondan oz)
Mayda zarralar uzoq muddat davomida havoda osiğliq holda qoladi va u havo oqimi bilan yanada uzoqroq va kengroq maydonga tarqaladi. Agar bu havodan kimdir nafas olsa, havo yöli bilan yuqiş sodir böladi.
Havo yöli bilan yuqiş uçga bölinadi:
- Töğridan töğri;
- Bilvosita;
- tomçilarning soçilişi bilan.
Tomçilarning soçilişi kasal odamning «gapiriş, kuliş, aksiriş, yötaliş orqali atrof-muhitga sekretsiya çiqarişi» deb taʼriflanadi va ular havoda 1 metrgaça tarqalişi mumkinligi aytiladi.
Tomçi yöli orqali yuqadigan kasalliklarga kök yötal, gripp va pnevmoniya misol böla oladi.
Hozirgi vaqtda koronavirus töğridan töğri, bilvosita va tomçilar orqali yuqadigan kasallik sifatida tavsiflanmoqda.
Havodan yuqadigan kasalliklarning eng muhim xususiyati şundaki, virus havoda nisbatan uzoqroq osiğliq holda turadi va katta hududga tarqala oladi.
Koronavirusning havo orqali yuqişiga oid qanday xulosalar mavjud?
Laboratoriya tadqiqotlari şuni körsatdiki, sunʼiy ravişda ayerozollangan (sepilgan) koronavirus havoda kamida uç soat davomida tirik qolişi mumkin. Biroq olimlar laboratoriya muhitida olib boriladigan uşbu tadqiqotlar muhiti haqiqiy hayotiy şaroitlari bilan bir xil emasligini taʼkidlaşmoqda.
Şu bilan birga, turli joylarda uçraydigan baʼzi super yuqumli holatlar havo yöli bilan yuqiş haqidagi şubhalarni kuçaytirmoqda. Masalan, AQŞning şimoli-ğarbida joylaşgan Vaşington ştatidagi Vernon toğida xor maşğulotlarida bir odam kamida 45 kişiga virus yuqtirgani aniqlandi. Eng qiziği, repetitsiya paytida ayrim odamlar virus yuqtiruvçi odamga 2 metrdan ortiq masofada yaqin kelmagan.
Şunga öxşaş voqea Xitoyning Guangju şahrida ham sodir bölgan. 24 yanvar kuni keçqurun restoranda ovqatlanib, koronavirusni olib yurgan kişi öşa joydagi yana töqqiz kişiga virus yuqtirgan.
Restoranda olib borilgan tadqiqotda virusni yuqtirgan töqqiz kişi konditsioner havo puflagan yönalişda ötirgani maʼlum bölgan. Havo oqimining namunalari konditsioner virusni 6 metrga qadar olib bora olişi mumkinligini körsatdi.
Olimlar ayni paytda Covid-19 xastaligini keltirib çiqaradigan yangi turdagi koronavirusning barça turlari havo orqali yuqiş-yuqmasligi, bu jarayon qanday sodir bölişi haqida çuqur tadqiqotlar olib borişmoqda. Şu paytgaça olingan natijalar esa havo orqali yuqişi mumkinligini körsatmoqda.
Virusning havo orqali yuqişini aniqlaş nima uçun muhim?
Kasalliklarni yuqtiriş usullari qabul qilinadigan çoralarni belgilaşda muhim rol öynaydi.
Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti tomonidan eʼlon qilingan qöllanmada qöllarni sovun bilan 20 soniya davomida yuviş va ijtimoiy masofa qoidalariga rioya qiliş tavsiya etiladi. Dunyoning köplab mamlakatlari uşbu doirada çora körmoqda va jangovar siyosatni işlab çiqmoqda.
Olimlarning taʼkidlaşiça, bu çoralar katta ahamiyatga ega, ammo ular havo orqali yuqadigan kasalliklarga qarşi yetarli emas. Şu bois konditsionerli muhitlarda, jamoat transporti va ofis kabi gavjum joylarda yangi çoralarni köriş kun tartibiga kiritilişi lozim.
Olimlar insonlarni nimadan ogohlantirdi, JSST nima dedi?
Uşbu haftada 32 mamlakatdan bölgan 239 olim uşbu masala böyiça oçiq xat eʼlon qilişdi. Maktub JSSTni koronavirus bilan boğliq çora va körsatmalarini yangilaşga çaqirdi.
Olimlar tomonidan sanab ötilgan çora-tadbirlar esa quyidagilarni öz içiga oladi:
- jamoat binolarida odamlarning haddan taşqari köp bölişining oldini oliş;
- içki makonlarning havosini töğri almaştiriş;
- havo filtri tizimlariga antiseptik ultrabinafşa çiroqlarni qöşiş.
JSSTning infektsiyaning oldini oliş böyiça global muvofiqlaştiruvçisi Benedetta Allegrantsi uşbu masala böyiça xulosalar kelişda davom etayotganini maʼlum qildi.
«Biz uşbu xulosalar haqida oçiqçasiga fikr yuritişimiz va buning oqibatlarini, şuningdek, amalga oşiriladigan çoralarning taʼsirini ham yaxşi anglaşimiz kerak», dedi u.
JSST tomonidan koronavirusning havo orqali yuqişi haqidagi xulosa qabul qilinişi garçi muhim qadam bölsa-da, yangi qarorlar qabul qilişdan oldin aniq natijalarni körib çiqiş lozim.
JSSTga infektsiya xavflari töğrisida maslahat bergan professor-doktor Devid Xeymanning taʼkidlaşiça, taşkilot koronavirusga qarşi kuraşiş böyiça yangi strategiyalar va tavsiyalar işlab çiqişdan avval yanada keng qamrovli tadqiqotlarning aniq natijalarini kutadi.









