Farğona viloyati Qöştepa tumanida maktab öquvçisi 5 yoşli qöşnisini otib qöydi. Bu haqda “Bu kun” dasturida maʼlum qilindi.
Qayd etilişiça, mazkur holat Qöştepa tumanidagi “Karnayçi” mahalla fuqarolar yiğinida sodir bölgan. Öşa kuni Abdulloh ismli 5 yoşli bola uyi yaqinidagi çorvaçilik xöjaligida işlaydigan otasini ovqatlanişga çaqiriş uçun borgan. Şu atrofda pnevmatik qurolni öynab yurgan gumonlanuvçi (7 yoki 8-sinf öquvçisi) töpponçani öqlanmagan deb öylab qöşni bolani otib qöygan.
“Pnevmatik qurolning öqi çap öpkadan ötib, yurakning çap qorinçasiga kirib qolgan. Yurakni töliq töxtatgan holda, öqni olib taşladik. Hozirda bolaning ahvoli yaxşi”, deydi Abdullohni operatsiya qilgan şifokor.
Viloyat Içki işlar boşqarmasining maʼlum qilişiça, uşbu holat Qöştepa tumani IIB tomonidan tegişli tartibda röyxatga olinib, hozirda tergovga qadar tekşiruv işlari olib borilmoqda.









