Şavkat Mirziyoyev yangi saylangan Özbekiston Senatining birinçi yalpi majlisidagi çiqişida gapirdi.
Özbekiston Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga kuzatuvçi maqomida qöşilmoqçi. Bu haqda prezident Şavkat Mirziyoyev yangi saylangan Özbekiston Senatining birinçi yalpi majlisidagi çiqişida aytib ötdi. “Integratsiyalaşuv haqida ikki oğiz. Mustaqilligimizni berib qöyamiz, degan gaplar şunçaki hoyu-havas gaplar. Kim berib qöyadi mustaqillikni? Bunaqa bölmaydi. Bundan taşqari, kuzatuvçi degani — aʼzo degani ham emas. Biz kuzatuvçi maqomida nima yaxşi, nima yomonligini kuzatamiz. Asosiy örinda xalq manfaatlari turadi”, deydi prezident.









