“Bunga unça-munça davlatning doş berişi özi bölmaydi”. Prezident Sardoba fojiasi haqida gapirdi

“Bunga unça-munça davlatning doş berişi özi bölmaydi”. Prezident Sardoba fojiasi haqida gapirdi

Joriy yilning may oyida Sardoba suv ombori töğonining yorilişi oqibatida 2 ming 211 ta xonadon yaroqsiz va 2 ming 499 tasi taʼmirtalab holatga kelib qolgan edi. Prezident Şavkat Mirziyoyev öşanda bu ahvolni körib, vayron bölgan mahallalarni nafaqat oldingi holatiga qaytariş, balki undan-da yaxşi qiliş, hammaning havasi keladigan maskanga aylantirişga vaʼda bergan edi.

Şu maqsadda uçta hudud tanlanib, 50 gektar maydonda 86 ta 5 qavatli uy-joy barpo etildi. Xususan, Sardoba tumani “Döstlik” mahallasida 37 ta, Mirzaobod tumani “Haqiqat” mahallasida 40 ta hamda Oqoltin tumani “Navbahor” mahallasida 9 ta uy-joy qurildi. Ularda jami 2 ming 640 xonadon bor.

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev uşbu bunyodkorlik işlari bilan tanişiş maqsadida bugun, 13 oktyabr kuni yana Sirdaryo viloyatiga keldi. Davlat rahbari dastlab Mirzaobod tumanidagi “Haqiqat” mahallasiga taşrif buyurdi.

"Suv toşqini juda katta talafot böldi. Ham fojia oqibatlarini bartaraf etiş, ham qisqa muddatda odamlarni rozi qilişimiz kerak edi. Bunga unça-munça davlatning doş berişi özi bölmaydi. Har bir odam bilan gaplaşdik. Vazirliklar, hududlarni jalb qilib, tezkor iş taşkil etildi. Sovuq kunlarga qoldirmasdan, oilalarni uy bilan taʼminlaşga erişdik. Eng katta masala - odamlarning könglidagi ğaşlik ketdi, ular rozi böldi", deydi Şavkat Mirziyoyev.

Prezident Matbuot xizmatining qayd etişiça, ilgari bu joylardagi köp uylarda tabiiy gaz bölmagan. Endi gaz, suv, elektr energiyasi va boşqa kommunikatsiyalar bilan taʼminlangan. Yana bir muhim tomoni – yangi uy egalarining avvalgi hovlilari ham özlarida qolgan. 

Davlat rahbari öşa qiyin kunlarda butun xalq jipslaşib harakat qilganiga katta eʼtibor qaratdi.

"Butun mamlakatimizdan mutaxassislar keldi. Bu yerda Qoraqalpoğiston va har bir viloyatning öz köçasi bor. Qudratimiz borligiga, birlaşsak, mehrli bölsak, köp işlarni amalga oşirişimizga hamma inondi", deya taʼkidladi Şavkat Mirziyoyev.

Bu mahalla "Yangi Özbekiston" deb nomlangan.

"Yangi Özbekiston" deyilganida ham maʼno bor. Agar xalqimizga maʼqul bölsa, bunday uylarni boşqa hududlarda, aholi ziç şaharlarda ham quramiz. Har bir mavze yonida iş örinlari ham taşkil etamiz. Umuman olganda, quriş va yaşaş madaniyatimiz özgarişi kerak", deydi Prezident.

Yangi mavzeda mahalla guzari, dökon, kutubxona, bolalar maydonçalari barpo etilgan. Uylarga xizmat körsatuvçi servis kompaniyasi taşkil qilingan.

Turar joylarni ekspluatatsiya qiliş tizimini samarali yölga qöyiş böyiça körsatmalar berildi.

×