Prezident majburiy vaktsinatsiya haqida fikr bildirdi

Prezident majburiy vaktsinatsiya haqida fikr bildirdi

Ayni vaqtda Şavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yiğilişi bölib ötmoqda. Davlat rahbari pandemiyani yengib ötiş doirasida olib borilayotgan işlarga alohida töxtaldi. Bu haqda «Xabar.uz» muxbiri xabar bermoqda.

«Pandemiya davrida dunyo böylab koronavirus aniqlangan 200 million nafar bemorning 4,2 million nafari vafot etdi. Mamlakatimizda ham iyun oyining ikkinçi yarmi va iyul oyidan kasallaniş körsatkiçlari keskin ösib, kunlik yangi kasallaniş holatlari örtaça 750-800 tani, pnevmoniya esa 450-500 tani taşkil etmoqda.

Bugungi kunda 10 mingga yaqin bemor şifoxonada, 3 ming nafari uy şaroitida davolanayotgan bölsa, 2,4 ming nafari oğir, 890 nafari öta oğir ahvolda.

Şunday bölsada, kasallikni davolaş va uni oldini oliş böyiça yetarli tajriba orttirdik. Soğliqni saqlaş tizimi şay holatga keltirilib, barça zarur vositalar, yetarli dori-darmon va tibbiyot jihozlari bilan taʼminlandi. Ijtimoiy soha obʼektlari va iqtisodiyot tarmoqlari keskin karantin çeklovlarisiz faoliyatini davom ettirmoqda.

Pandemiyadan imkon qadar yöqotişlarsiz ötişimiz va keyingi tölqinlarga yöl qöymaslik uçun, xalqimizdan muhim şartga qatʼiy amal qiliş talab etiladi.

Virusdan himoyalaniş va uni yengişning eng muhim şarti – bu albatta vaktsinatsiya. Qançalik maşaqqatli bölmasin, uşbu maqsadlar uçun bugungi kunga qadar 4 turdagi 13 million doza vaktsina olib keldik. Qaysi turdagi vaktsina bilan emlaniş böyiça aholida tanlaş imkoniyati paydo böldi.

Şu bois emlaş tadbirlarini keng joriy etiş maqsadida kuni keça maxsus qonun imzoladim. Uşbu qonun orqali iş beruvçilarga profilaktik emlaşni rad etgan xodimlarini iş joyiga kiritmaslik huquqi berildi», — dedi davlatimiz rahbari.

×