Biz Rossiyaga kimligimizni körsatib qöyamiz – Frantsiya Mudofaa vaziri

Biz Rossiyaga kimligimizni körsatib qöyamiz – Frantsiya Mudofaa vaziri

Frantsiya Mudofaa vaziri Florans Parli uruşning Yevropa çegaralari yaqinida davom etayotgani, uning Yevropa davlatlariga tarqalişining oldini oliş muhimligi haqida ogohlantirdi. Bu haqda Frantsiya Mudofaa vazirligi rahbari Ruminiyadagi NATOga tegişli Mixail Kogelniçanu bazasiga taşrifi çoğida aytib ötdi. 

Taşrif davomida Parliga Ruminiya Prezidenti Klaus Yoxannis,Boş vazir Nikolaye Çuke va Mudofaa vaziri Vasile Dinku hamrohlik qilgan. 

Frantsiya vaziri NATOning Ruminiyadagi bazasida 500 nafar frantsuz askari joylaşganini eslatdi.

“Biz mana şunday beqaror davrda qitʼaning xavfsizligini taʼminlaşga qaror qildik. Biz Rossiyaga jamoaviy mudofaa böyiça mustahkam birdamligimizni namoyiş etamiz”, deydi u. 

Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirişi boşlanganidan beri Frantsiya va Belgiya NATOning Konstantsadagi bazasiga zudlik bilan 800 nafar askar yubordi. 

"Uruş Yevropaning ostonasida, biz unga yöl qöymasligimiz kerak", deydi Parli. 

×