“... lekin aynan jurnalistlar, blogerlar köpçilikni qiynayotgan jiddiy muammolar haqida bizni ogohlantiryapti” Prezident jurnalist va blogerlar haqida

“... lekin aynan jurnalistlar, blogerlar köpçilikni qiynayotgan jiddiy muammolar haqida bizni ogohlantiryapti” Prezident jurnalist va blogerlar haqida

Keça, 15 yanvar kuni Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Toşkent şahrining Yunusobod tumanida hokimlar, faollar va yoşlar bilan uçraşuv ötkazdi. Davlat rahbari uçraşuvda Özbekistonning taşqi va içki siyosatiga oid masalalari va ommaviy axborot vositalari faoliyati haqida gapirdi. Bu haqda tadbirda iştirok etgan Kun.uz muxbiri xabar bergan.

“Ommaviy axborot vositalari oçiqligi böyiça tanlagan yölimiz, söz erkinligi böyiça siyosatimizdan orqaga qaytmaymiz. Bu albatta ayrimlarga yoqmaydi. Lekin aynan jurnalistlar, blogerlar jamiyatimizda köpçilikni qiynayotgan jiddiy muammolar haqida bizni ogohlantiryapti”, degan Şavkat Mirziyoyev.

Tadbir davomida Yunusobod tumani faollaridan biri tomonidan ajrimlarni kamaytiriş maqsadida turmuşning dastlabki yillarida ajraşişni qonun yöli bilan taqiqlaş, şuningdek, telekanallarda namoyiş etilayotgan dasturlardan birida qizlarning özlarini yigitlarga tavsiya qilişi körsatiladigan dasturni töxtatiş taklifiga davlat rahbari batafsil javob qaytardi.

“Albatta, sizni töğri tuşunyapman, farzandlarimiz kelajagini öylab şu takliflarni aytyapsiz. Ammo ajrimlarni qonun yöli bilan töxtatişga urinsak, inson huquqlari masalasi örtaga çiqadi. Yengil-yelpi teledasturlarga kelsak, ularni töxtatib taşlaş mumkin, lekin bu tsenzura deya baholanmaydimi? Uning örniga qanday körsatuv yaratiladi? Nafaqat nodavlat, balki davlat telekanallarida ham saviyasiz dasturlarga közim tuşadi. Biz ularni butunlay töxtatiş haqida emas, saviyasini oşiriş haqida öylaşimiz lozim”, degan prezident.

Şuningdek, Şavkat Mirziyoyev taşqi siyosat masalalariga ham töxtaldi.

“Qöşnilarimiz bilan albatta yaxşi munosabatda bölişimiz lozim. Qator davlatlar rahbarlari bilan muntazam aloqada bölib turibman. Çunki döstlik har taraflama foydali. Biz okeanlar böyida emasmiz, bozor topiş, iqtisodni rivojlantiriş böyiça eng jiddiy muammolardan biri – yöl. Afğoniston orqali Pokistonga çiqadigan temiryöl loyihasini imzoladik. Bu bizga ulkan imkoniyatlar beradi”, dedi prezident.

Bundan taşqari, Şavkat Mirziyoyev Jizzax şahridagi qulab tuşgan bino voqeasiga masʼul bölgan mansabdorlarga, albatta, qonuniy çora körilişi lozimligini qayd etdi. Bu böyiça boş prokurorga nazoratga oliş topşiriği berildi.

“Jizzax viloyati hokimining quriliş böyiça örinbosari bizning siyosatimizga xiyonat qilgan. Buni hamma bilişi lozim. Uning butun tödasiga qonuniy jazo köriş kerak. Şoli kurmaksiz bölmaganidek, baribir eski zamonni qömsagan noinsoflar ham bor. Ular erkinlik, oçiqlik siyosatini tuşunmaydi”, dedi davlat rahbari.

Eslatib ötamiz, 10 yanvar kuni Jizzax şahrida yangi qurilayotgan köp qavatli uyning bir qismi qulab tuşgan edi. FVV va Boş prokuraturaning qayd etişiça, voqea oqibatida tan jarohati olgan va halok bölgan fuqarolar bölmagan.

Maʼlum qilinişiça, qulab tuşgan bino yonidagi 6 qavatli inşootning ham poydevorlarida çökiş alomatlari kuzatilgan bölib, hozirda u xavfli holatda turibdi. Halokatni örganiş maqsadida boş vazirning birinçi örinbosari Oçilboy Ramatov boşliq hukumat komissiyasi tuzilgan.

Şuningdek, mazkur holat yuzasidan ötkazilgan tergovga qadar tekşiruv natijasiga köra, Jizzax viloyati quriliş sohasida hududiy nazorat inspektsiyasi mansabdor şaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 207-moddasi (mansabga sovuqqonlik bilan qaraş) bilan jinoyat işi qözğatilgan.

×