Sidiqov: “Özbekneftgaz”ni jahon bozoriga olib çiqiş – asosiy yönalişlarimizdan biri

Sidiqov: “Özbekneftgaz”ni jahon bozoriga olib çiqiş – asosiy yönalişlarimizdan biri

Özbekneftgaz” keyingi yildan yevroobligatsiyalarni çiqarişni öz oldiga maqsad qilib qöygan.

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Özbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, “Özbekneftgaz” AJ, “Öztransgaz” AJ rahbar xodimlari iştirokida brifing va jurnalistlar bilan muloqot bölib ötdi, deb xabar qilmoqda Sputnik Özbekiston muxbiri.

Unda “Aholi va iqtisodiyotni energiya resurslari bilan barqaror taʼminlaş, neft-gaz tarmoğini moliyaviy soğlomlaştiriş va uning boşqaruv tizimini takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida” 2019 yil 9 iyuldagi prezident Qarori mohiyati va ijrosi yuzasidan maʼlumotlar taqdim etildi.

“Özbekneftgaz” AJ boşqaruvi raisi Bahodir Sidiqov mazkur qaror qabul qilinişi tarixiy voqea ekanini maʼlum qildi. Uning sözlariga köra, qarorda belgilangan  çora-tadbirlarni amalga oşiriş butun neft-gaz sohasini rivojlantirişning yangi yönalişlarini boşlab berişi, kelgusida tarmoq qiyofasini tubdan özgartirib yuborişini taʼkidladi.

“Asosiy yönalişlarimizdan biri -  bu bugungi kunda “Özbekneftgaz”ning oçiq va şaffof moliyaviy tizimini yaratib, uni jahon bozoriga olib çiqiş. Keyingi yildan yevroobligatsiyalarni çiqarişni özimizning oldimizga maqsad qilib qöyganmiz”, - dedi Bahodir Sidiqov.

Sidiqov yevroobligatsiyalarning foydali tarafi foiz stavkalar oddiy kreditga qaraganda ança past ekanini taʼkidladi.

U hozirgi qabul qilingan qarorni amalga tatbiq etilişi  investorlarga körsatib berilsa, bu foiz stavkalar bundan ham past bölişi, investorlar “Özbekneftgaz”ning moliyaviy holatini yaxşilanişini köra bilişini qöşimça qildi.

“Buning hisobiga uzoq muddatli va kam foizli moliyaviy mablağlarni jalb  etiş imkonini beradi. Bu işlab çiqariş hajmlarimizning oşişiga bevosita taʼsir qiladi”, - dedi "Özbekneftgaz" AJ boşqaruvi raisi.

Eslatib ötamiz, prezident imzolagan qarorga köra, “Özburğuneftgaz”, “Özneftgazqaziboliş”, “Özneftmahsulot” va “Özneftgazmaş” korxonalari “Özbekneftgaz” tarkibiga kiritiladi va şunday yöl bilan xolding boşqarişda ortiqça oraliq böğimlar yöqotiladi. Neft qazib oliş va gazni qayta işlaş korxonalari ham “Özbekneftgaz” tarkibiga kiritiladi.  

“Öztransgaz” esa “Özbekneftgaz” tarkibidan çiqarilişi bilan birga qazib oluvçi taşkilotlardan gaz xarid qiluvçi eksport qiluvçi va aholiga yetkazib beruvçi yagona taşkilotga aylanadi. Hududlarga gaz yetkazib beriş bilan yangi taşkil etilayotgan “Hududgaztaʼminot” AJ şuğullanadi.

×