Omikron ştammining asosiy simptomlaridan biri maʼlum qilindi

Omikron ştammining asosiy simptomlaridan biri maʼlum qilindi

Kuçli çarçoq koronavirusning omikron ştammi bilan kasallanişning asosiy belgilaridan biri bölişi mumkin. Bu haqda Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti endokrinologi Zuhra Pavlova Sputnik radiosiga bergan intervyusida aytib ötgan.

«Biroq, bu alomat turli kasalliklarga xosdir, deydi mutaxassis. Uning sözlariga köra, tibbiy maʼlumotga ega bölmagan odam uçun çarçoq hissi qaçon haddan taşqari iş bilan boğliqligini va qaçon kasallik bilan boğliqligini aniqlaş qiyin», —deya taʼkidlagan şifokor.

Tekşiruvdan söng şifokor «bu şunçaki zerikiş natijasi, quyoş nuri yetişmasligi yoki töplangan jismoniy çarçoq emas, balki boşlangan yoki progressiv kasallikning alomatlari» ekanligini aniqlaşi mumkin.

Mutaxassisning qöşimça qilişiça, koronavirus infektsiyasi köplab tana tizimlari işida jiddiy buzilişlarga olib keladi. Infektsiya yuqtirilganda paydo böladigan çarçoq hissi immunitet tizimidagi, miya işida yoki asab tizimining töqimalarida jiddiy özgarişlar tufayli yuzaga kelişi mumkin.

«Qonning xususiyatlari özgaradi, bu köplab organlarning qon taʼminotini buzadi, şuning uçun biz özimizni jismonan zaif his qilamiz. Bularning barçasi muşaklarning zaiflaşuvi bilan birga keçadi», — deya tuşuntirgan Pavlova.

Endokrinolog kuçli çarçoq kabi alomat paydo bölganda, COVID -19 uçun PZR testidan ötişga çaqirgan.

×