Rossiyadan olib çiqiş vaqtinça taqiqlangan tovarlar röyxati belgilandi

Rossiyadan olib çiqiş vaqtinça taqiqlangan tovarlar röyxati belgilandi

Bugun, 10 mart kuni Rossiya Federatsiyasi Vazirlar Mahkamasi mamlakatga avval xorijdan olib kelingan, olib çiqiş vaqtinça taqiqlangan tovarlar va jihozlar röyxatini belgiladi. Bu haqda Hukumat matbuot xizmati xabar berdi. 

“Röyxatga texnologik, telekommunikatsiya, tibbiy asbob-uskunalar, avtotransport vositalari, qişloq xöjaligi texnikasi, elektr jihozlari – jami 200 dan ortiq nomdagi, jumladan, temir yöl vagonlari va lokomotivlari, konteynerlar, turbinalar, metall va toşni qayta işlaş maşinalari, monitorlar, proyektorlar, pult va panellar", deyiladi bayonotda. 

Çeklov 2022 yil oxirigaça amal qiladi. 

"Uşbu çora Rossiya bozorida barqarorlikni taʼminlaş uçun zarur", deb taʼkidlamoqda Vazirlar Mahkamasi. Qaror Prezidentning “Rossiya Federatsiyasi xavfsizligini taʼminlaş maqsadida taşqi iqtisodiy faoliyat sohasida maxsus iqtisodiy çora-tadbirlarni qöllaş töğrisida”gi farmoni ijrosini bajariş maqsadida qabul qilingan. 

YEOII, Abxaziya va Janubiy Osetiya uçun istisno

Vazirlar Mahkamasida taʼkidlanganidek, "uşbu tovarlarning eksporti vaqtinça barça xorijiy davlatlarga çeklangan", Yevrosiyo Iqtisodiy Ittifoqi (YEOII) davlatlari, (tan olinmagan) Abxaziya va Janubiy Osetiya bundan mustasno. 

“Istisno holatlari uçun hukumatning alohida qarori bilan tasdiqlangan eksportga ruxsat beriş tartibi amal qiladi”, deyiladi bayonotda.  

Aniqlanişiça, YEOII mamlakatlariga, (tan olinmagan) Abxaziya va Janubiy Osetiyaga tovarlarni eksport qiliş uçun ruxsatnomalar Qişloq xöjaligi vazirligi, Transport vazirligi, Sanoat va savdo vazirligi, Raqamli rivojlaniş vazirligi va Tabiiy resurslar vazirligi tomonidan beriladi. 

Prezident farmoni

Joriy yilning 8 mart kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin öz farmoni bilan 2022 yilda hukumat belgilaşi kerak bölgan röyxatlar böyiça mamlakatdan eksport va unga ayrim mahsulot va xomaşyo importini çeklaş yoki taqiqlaş haqida körsatma bergan edi. Şu bilan birga, belgilangan çora-tadbirlar fuqarolar tomonidan şaxsiy foydalaniş uçun olib ötiladigan yuklarga taalluqli emasligi belgilandi. 

Hukumatga ikki kun muddatda mazkur qarorlar taʼsir ötkazuvçi xorijiy davlatlar röyxatini aniqlaş topşirildi. Bundan taşqari, Vazirlar Mahkamasiga mahsulotlarning ayrim turlariga hamda ayrim yuridik yoki jismoniy şaxslarga nisbatan farmonda nazarda tutilgan çora-tadbirlarni qöllaşning öziga xos xususiyatlarini belgilaş vakolati ham yuklangan. 

Yangi qarorlar Rossiya Federatsiyasi Prezidentining oldingi farmonlarida nazarda tutilgan çora-tadbirlarga qöşimça ravişda qabul qilindi. Unga köra, ilgari AQŞ va ularga qöşilgan xorijiy davlatlar va xalqaro taşkilotlarning nodöstona xatti-harakatlari munosabati bilan maxsus iqtisodiy çora-tadbirlar belgilandi. Şuningdek, Rossiyaning moliyaviy barqarorligini taʼminlaş uçun iqtisodiy xarakterdagi vaqtinçalik çoralar işalb çiqildi. 

Davlat rahbarining matbuot kotibi Dmitriy Peskov uşbu farmonni quyidagiça şarhlagan: 

“Rossiya Federatsiyasiga turli işlab çiqariş zanjirlari uçun köplab materiallar va xomaşyolar olib kelingan,  baʼzi kompaniyalar öz şartnomalarini bajarişni çeklamoqda va bunday materiallarni mamlakatdan olib çiqişga taqiq joriy etilgan”.

×