Koronavirusning ölimga olib keluvçi sabablardan yana biri aniqlandi

Koronavirusning ölimga olib keluvçi sabablardan yana biri aniqlandi

Qiroliça Yelizabet kasalxonasi va fond jamğarmasi olimlari bir qator tadqiqotlardan söng koronavirusning ölimga olib keluvçi yangi alomatini aniqlaşdi.

Maʼlum bölişiça, baʼzi mamlakatlarda koronavirusdan yuqori ölim, tanadagi D vitaminining yetişmasligidan yuzaga kelgan. Mutaxassislar Yevropaning 20 davlatida koronavirusga çalingan bemorlarni D vitaminini tekşirişdi va bu körsatkiçlar bir-biri bilan boğliq bölib, fuqarolarida moddalar yetişmovçiligi bölgan mamlakatlarda ölim holatlari köpaygan.

“Ayniqsa A vitaminining past darajasi Ispaniya, Italiya va Şveytsariya aholisi orasida qayd etildi”, – deb xabar bermoqda tadqiqot ötkazgan olimlar.

Bundan taşqari, D vitamini yetişmasligi köpinça koronaviruga çalingan keksa odamlarda uçraydi. Hozirgi vaqtda olimlar biologik faol moddalardan foydalangan holda kasallikning oldini oliş böyiça tavsiyalar ustida işlamoqda.

Yangi koronavirus pandemiyasi dunyoning deyarli barça mamlakatlariga tarqaldi. JSST maʼlumotlariga köra, dunyoda uç milliondan ortiq odam koronavirus bilan kasallangan, ulardan 230 ming kişi vafot etgan.

AQŞ qurbonlar va bemorlar soni böyiça birinçi örinda turibdi va bu mamlakat falokatga yaqin turgan davlatlardan biri. Koronavirusga köproq moyil bölgan davlatlar röyxatiga şuningdek, Ispaniya, Italiya, Frantsiya, Germaniya va Buyuk Britaniya kiradi.

Maʼlumot uçun: Quyidagi fotoda körsatib ötilgan maxsulotlar "D" vitaminiga boy xisoblanadi.

Vitamin "D"

Oqilxon Tillaxonov

×