Qirğiziston Milliy banki yuridik şaxslar uçun naqd dollarni respublikadan taşqariga olib çiqişga vaqtinçalik taqiq joriy qildi. Bu haqda bugun, 12 mart kuni moliyaviy regulyator xabarida aytilgan.
“Qirğiziston Respublikasining iqtisodiy xavfsizligini taʼminlaş va içki valyuta bozoridagi vaziyatni barqarorlaştiriş maqsadida Milliy bank boşqaruvining “Qirğiziston Respublikasining tijorat banklari, idoralari, mikromoliya va mikrokredit kompaniyalariga nisbatan naqd xorijiy valyuta bilan operatsiyalarni vaqtinça çeklaş töğrisida”gi qarori qabul qilindi.”, deyiladi xabarda.
Bank qaroriga muvofiq, naqd dollarni respublikadan taşqariga olib çiqişga vaqtinçalik taqiq joriy etildi. Uşbu çeklov tijorat banklari, ayirboşlaş şoxobçalari, mikromoliya va mikrokredit kompaniyalariga taalluqlidir.
Rossiyaning Ukrainaga hujum boşlaşi ortidan rasmiy Moskva va rus biznesiga joriy etilgan çeklovlar taʼsiri Markaziy Osiyo davlatlariga ham sezilişi kutilgandi. Şu sababdan mintaqa davlatlari ham öz iqtisodiy xavfsizligi uçun harakat boşlagan.
Avvalroq Rasmiy Nur-Sulton AQŞning Rossiyaga qöygan sanktsiyalari Qozoğistonga taʼsir körsatişiga yöl qöymaslik uçun Amerika bilan onlayn maslahatlaşuv ötkazgan edi.
Eslatib ötamiz, keça, 11 mart kuni AQŞ Prezidenti Jo Bayden Rossiyaga dollar yetkazib berişni taqiqlaş töğrisidagi farmonni imzolagandi.









