Eron Oliy rahnamosi Moskvaga qoçmoqçiligi aytildi

Eron Oliy rahnamosi Moskvaga qoçmoqçiligi aytildi

Eron Oliy rahnamosi Oyatulloh Ali Xomanaiy Tehrondagi noroziliklar kuçayib, armiya va xavfsizlik kuçlari duşman tomon ötib ketsa yoki buyruqlarni bajarmasa, şaharni tark etiş rejasini işlab çiqqan. Bu haqda Erondagi rasmiy manbalarga tayanib, “The Times” jurnali xabar berdi. https://www.thetimes.com/world/middle-east/article/iran-ayatollah-khamenei-escape-moscow-protests-revealed-h5f95ctb5


Naşrning yozişiça, 86 yoşli Xomanaiy atrofidagi eng yaqin 20 yordamçi va oila aʼzolari bilan birga mamlakatni tark etişni rejalaştirgan.

“B reja” Xomanaiy va uning eng yaqin atrofidagilar, jumladan farzandi va taxminiy vorisi Mujtabo uçun möljallangan. 

Isroil razvedkasi vakili Beni Sabtining aytişiça, Oyatulloh Moskvaga qoçişi mumkin, çunki borarga boşqa joyi yöq. Naşr şuningdek, Suriyaning sobiq prezidenti Başar Asadning Rossiyada boşpana topgani misolini keltirgan. Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Asadning Rossiyada qolişi şaxsiy qarori ekanini aytgandi.

Xomanaiyning eng yaqin yordamçilaridan köpçiligi, jumladan Milliy xavfsizlik kengaşi kotibi Ali Larijaniyning çet elda, şu jumladan AQŞ, Kanada va Dubayda qarindoşlari borligi taʼkidlangan.

Razvedka hisobotiga köra, Xomanaiy soğliği ötgan yilgi Isroil bilan 12 kunlik uruşdan keyin ança oğirlaşib qolgan va oxirgi kunlarda ommaviy tadbirlarda deyarli körinmagan. Uşbu qarşilik davomida u bunday vaziyatlarda barmoq bilan nazorat qilgan.  

AQŞ Prezidenti Donald Tramp esa Eron böyiça noroziliklar, ayniqsa, narxlar oşişi sababli yuzaga kelgan namoyişlar zöravonlik bilan bostirilsa, Amerika aralaşuvga tayyorligini bildirgan. Bunga javoban Milliy xavfsizlik kengaşi kotibi Ali Larijaniy AQŞning Eron içki işlariga aralaşuvi butun mintaqada barqarorlikni buzişini aytib, bu Amerika manfaatlariga zarar yetkazişidan ogohlantirgan.


×