Namanganda yangi senatorlarning nomi maʼlum böldi

Namanganda yangi senatorlarning nomi maʼlum böldi

“Xalq sözi ONLINE” Qudratilla Najmiddinov/Namangan. Töraqörğon şahridagi Madaniyat markazida xalq deputatlari Namangan viloyati, şahar va tuman kengaşlarining qöşma majlisi bölib ötdi. UndaÖzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga aʼzolarni saylaş masalasi körib çiqildi.

Saylov Kodeksiga muvofiq, deputatlar Senat aʼzoligiga nomzodlar uçun yopiq yaşirin ovoz berdilar. Sanoq komissiyasi xulosasiga köra, qöşma majlisda hozir bölgan deputatlarning 50 foizdan köp ovozini olgan 6 nafar nomzod viloyatdan Özbekiston RespublikasiOliy Majlisi Senati aʼzoligiga saylandi.

Ular:

Bozorov Xayrullo- Namangan viloyati hokimi

Abdullaxonov Nosirbek — Namangan şahridagi “Anamed” diagnostika markazi rahbariDobrix Anna – Namangan şahridagi “Iftixor kiyim sanoat” masʼuliyati çeklangan jamiyati rahbari

Najmiddinov Ikromxon — Özbekiston Faxriylarini qöllab-quvvatlaş “Nuroniy” jamğarmasi viloyat bölimi raisi

Parpiyev Mahmudjon -“Namangan haqiqati” viloyat gazetasi boş muharriri

Umarov Baxtiyor – “Istiqlol tekstil dizayn” masʼuliyati çeklangan jamiyati direktori.

×