Britaniyada çiqadigan Guardian gazetasining yozişiça, Amir Muhammad Abdul Raxmon al-Maulya al-Salbi ötgan yili oktyabr oyida “Islom davlati” terrorçilik harakatining avvalgi yölboşçisi Abu Bakr al-Bağdodiy öldirilgandan keyin örnini egallagan.
Gazetaning ikkita razvedka taşkiloti vakillaridan olib tarqatgan xabariga köra, iroqlik Amir al-Salbi şuningdek, Hoji Abdulla va Abdulla Qardoş nomlari bilan ham tanilgan.
AQŞ departamenti hali Al-Bağdodiy tirik vaqtida Amir al-Salbini guruh rahbarligiga eng birinçi nomzodlardan biri, deb hisoblagandi. Öşanda Oq uy uni tutiş uçun 5 million dollar vaʼda ham qilgan.
“Islom davlati”ning yangi rahbari maʼlum böldi









