Ohangaronda YTH natijasida kelib çiqqan yirik yonğin tafsiloti maʼlum böldi

Ohangaronda YTH natijasida kelib çiqqan yirik yonğin tafsiloti maʼlum böldi

28 iyun kuni Toşkent viloyati Ohangaron şahridagi köp qavatli uyning 1-qavatida yonğin kelib çiqqani töğrisida xabar qilingan edi.

Toşkent viloyati IIBB axborot xizmati uşbu hodisa tafsilotlarini maʼlum qildi.

Qayd etilişiça, 28 iyun kuni soat 14:10 larda Toşkent şahrida yaşovçi, 1992 yilda tuğilgan haydovçi Ş.U. özining boşqaruvidagi «ZIL-130» rusumli yuk avtomaşinasini Toşkent şahridan Angren şahriga yölovçisiz va yuksiz boşqarib borayotgan bölgan.

Ohangaron şahrining A.Temur köçasi «Guliston» MFY hududida joylaşgan 3-sonli köp qavatli uyning röparasiga yetganida, avtomaşina qöl tormozining içki qismida yonğin kelib çiqqanligini payqab, avtomobilni töxtatişga uringan, ammo, boşqaruvni yöqotib, yölning öng tomoniga ötib ketgan. Avtomaşinani töxtatolmay köp qavatli uyning yonida haydovçi va yölovçisiz töxtab turgan xususiy korxonaga tegişli «Damas» rusumli transport vositasiga borib urilgan.

Natijada avtomaşinalar töliq yonişi oqibatida, yonğin 3-sonli köp qavatli uyning birinçi qavatida joylaşgan, yengil tamaddixona, oziq-ovqat va xöjalik mollari hamda kanselyariya dökoni va dorixonalarga, şuningdek, uşbu dökonlarning yertölalariga öt ketgan.

Kelib çiqqan yonğinni bartaraf qilişga jami 7 ta yonğin öçiriş maxsus maşinalari jalb qilinib, soat 15:00 da yonğin töliq bartaraf qilingan.

Mazkur yonğin natijasida «ZIL-130» rusumli yuk avtomaşinasi haydovçisi Ş.U. kuyiş jarohati bilan Ohangaron tuman markaziy şifoxonasiga murojaat qilgan va unga öng oyoq boldir, öng qöl kaft sohalarida I-II darajali termik kuyiş taşxisi qöyilgan.

Mazkur holat yuzasidan, şahar IIB huzuridagi Tergov bölinmasi tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.

Bundan taşqari, Ohangaron şahar hokimining farmoyişi asosida yetkazilgan moddiy zarar miqdori va ularni bartaraf qiliş borasida maxsus komissiya tuzilib, hodisa joyida ştab taşkil qilingan.

×