Buxoroda şirakayf bezorilar turkiyalik haydovçini döpposlaşdi

Buxoroda şirakayf bezorilar turkiyalik haydovçini döpposlaşdi

9 yanvar kuni soat 19:20 larda Buxoro viloyati, Jondor tumani hududidan ötuvçi M-37 avtomobil yölining 303 km.da, 31 yoşli G.X. va 30 yoşli J.R.lar mast holatda yölning çekkasida turvolib, bezorilikka qöl urişadi.

IIV huzuridagi Tergov departamenti axborot xizmati xabariga köra, ular Turkiya fuqarosi 63 yoşli M.D. boşqaruvida bölgan Turkiya davlat raqam belgili «Mercedes-Benz» rusumli yuk avtomaşinasiga heç bir sababsiz toşlar otib, uni töxtatişib, haydovçi M.D.ni urib-döpposlab, tan jarohati yetkazişgan.

Fuqaro M.D.ga birinçi tibbiy yordam körsatilgan.

Hodisa sodir bölgan joydan qonga öxşaş doğlar olingan va tegişli ekspertizalar tayinlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jondor tuman IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan G.X. va J.R.larga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi «b,d» bandlari (bir guruh şaxslar tomonidan qariyaga nisbatan sodir etilgan bezorilik) bilan jinoyat işi qözğatilgan, ular jinoyat işi böyiça gumon qilinuvçi tariqasida iştirok etişga jalb qilinib, protsessual tartibda uşlanganlar.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

×