Osiyo Olimpiya Kengaşi vitse-prezidenti – Markaziy Osiyo MMA Konfederatsiyasi rahbari Otabek Umarov taniqli turk oşpazi Burak Özdemirga sovğa yubordi. Bu haqda oşpaz özining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida maʼlum qilgan.
Otabek Umarov Burak Özdemir Dubayda özining restoranini oçgani munosabati bilan Özbekistonning quruq va höl mevalarini tortiq qilgan.
Restoran oçilişida Dubay valiahd şahzodasi Hamdan ibn Muhammad al-Maktum, futbolçi Kriştianu Ronaldu, aktyor Stiven Sigal kabi dunyoga maşhur şaxslar ham qatnaşgan.

Bundan taşqari, joriy yilning 25 dekabr kuni dunyodagi eng baland bino Burj Xalifa Burak Özdemir suratiga burkandi. Odatda Dubaydagi uşbu haşatli imorat alohida şaxslar emas, davlatlar bayroğiga burkanardi.
Maʼlumotlarga köra, avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda şov-şuvga sabab bölgan “Yuventus” klubi hujumçisi Kriştianu Ronaldu va uning rafiqasi Jorjina Rodrigesning özbekça çoponi ham Otabek Umarov tomonidan sovğa qilingan.

Hadyalarni topşiriş uçun Otabek Umarovning vakili Umidjon Mavlanov Birlaşgan Arab Amirliklarining Dubay şahriga borgan.
Avvalroq, Kriştianu Ronaldu va Jorjina Rodriges ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga özbek çoponida turgani tasvirlangan surat joylagandi.









