Toşkentda bir neça nafar haydovçini öldirib, jasadlarni suvga taşlab yuborgan qotil oradan 7 yil ötib uşlandi va eng uzoq muddatga qamaldi.
Nurmatjon Mamadaliyevga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “i, p, r” bandlari, 164-moddasi 2-qismining “b, v” bandlari, 164-moddasi 3-qismining “a” bandi bilan ayblov eʼlon qilindi.
Mamadaliyev Nurmatjon Rasuloviç, 1985 yil 20 mart kuni Farğona viloyati, Özbekiston tumanida tuğilgan oilali, 3 nafar farzandi bor, Özbekiston tumani, “Katta-tagop” mahallasi, 43-uyda yaşagan.
Mamadaliyev Nurmatjon Rasuloviç javobgarlikni oğirlaştiradigan holatlarda qasddan odam öldiriş, özgalar mol-mulkini talon-toroj qiliş turkumiga kiruvçi, bosqinçilik jinoyatlarini quyidagi vaqt, usul va holatlarda qasddan sodir etgan.
U özining tanişi Esonaliyev Saidjon Ğaniyeviç bilan 2011 yilning 22 aprel kuni taxminan, soat 23:30 da Toşkent şahri, Parkent köçasida göyoki yölovçilar kabi Toşkent şahar, Olmazor tumani, “Usta Olim” köçasi, 68a-uyda yaşovçi 1988 yilda tuğilgan Turabov Ilxom Islom öğlining boşqaruvidagi “Matiz” rusumli, davlat raqami “01 U 247 FA” bölgan avtomaşinani töxtatib, haydovçi I.Turabovni qasddan öldiriş va avtomaşinasini qölga kiritiş maqsadida avtomaşinasiga ötirib, Toşkent viloyati, Qibray tumani, Yangiobod QFY., A.A.Serikbayev köçasi, 61 va 63-uylar oraliğiga olib borib, u jinoiy şerigi N.Mamadaliyev bilan bosqinçilik va taʼmagirlik niyatida u töq rangli sintetik matodan işlangan arqonni N.Mamadaliyevga berib, u esa haydovçi yonidagi yölovçi örindiqqa ötirib avtomaşinaning haydovçi orqasidagi orqa örindiqqa, N.Mamadaliyev esa haydovçi yonidagi yölovçi örindiqqa ötirib, u I.Turabovning orqa tomonidan sintetik arqonni böyniga solib, böğib, u esa I.Turabovning qöllarini uşlab, özini himoya qilişga imkon yaratmasdan uni qasddan öldirişgan .
Şundan söng, I.Turabovning yonida bölgan 50 ming söm miqdoridagi pul mablağlarini va uning “Matiz” rusumli davlat raqami “01 U 247 FA” bölgan avtomaşinaning davlat raqami bosqinçilik yöli bilan qölga kiritib, sodir etilgan öta oğir jinoyatni yaşiriş maqsadida I.Turabovning murdasini “Toşkent-Oxangaron-Angren” avtomobil yölining Toşkent viloyati, Örtaçirçiq tumani hududidan ötuvçi “Toşkanal” nomli kanalga taşlab yuborib, hodisa joyidan yaşiringanlar.
Esonaliyev Saidjon Ğaniyeviç bilan u, 2013 yil 5 dan 6 fevral kuniga ötar keçasi taxminan tungi soat 01:00 da Toşkent şahri, Sergeli tumanidagi Qöyliq-5 mavzesi hududida, göyoki yölovçilar kabi Toşkent şahar, Sergeli tumani, “Birodarlik-4” dahasi, 7-uy, 1-xonadonda yaşovçi 1984 yilda tuğilgan Boltaboyev Şerili Anvaroviç boşqaruvidagi “Neksiya-1” rusumli, davlat raqami “10 N 560 GA” bölgan avtomaşinani töxtatişib, haydovçi Ş.Boltaboyevni qasddan öldiriş va avtomaşinasini bosqinçilik yöli bilan qölga kiritiş maqsadida, Ş.Boltaboyevning avtomaşinasiga ötirib, Yuqoriçirçiq tumani, Bordonköl m.f.y. Eʼtirof köçasiga borib, u va jinoiy şerigi N.Mamadaliyev bilan bosqinçilik va tamagirlik niyatida tök kök rangli sintetik matodan işlangan arqonni S.Esonaliyevga berib, u avtomaşinaning haydovçi yonidagi örindiqqa ötirib, S.Mamadaliyev esa haydovçi orqa örindiğiga ötirib Ş.Boltaboyevning orqa tomonidan sintetik arqonni böyniga solib, uni böğib, u esa Ş.Boltaboyevning qöllarini uşlab, özini himoya qilişga imkon yaratmasdan uni qasddan öldirişgan.
Şundan söng, Ş.Boltaboyevda bölgan “Nokia-5610” va oltin rangli “Nokia-6700” rusumli uyali telefon apparatlari va davlat raqami “10 N 560 GA” bölgan “Neksiya-1” rusumli avtomaşinasini, bosqinçilik yöli bilan qölga kiritib, sodir etilgan öta oğir jinoyatni yaşiriş maqsadida Ş.Boltaboyevning murdasini Yuqoriçirçiq tumani, Tinçlik q.f.y. hududidan oqib ötuvçi “Qorasuv” nomli kanalga taşlab yuborib, hodisa joyidan yaşiringanlar.
Mamadaliyev Nurmatjon Rasuloviç Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “i, p, r” bandlari va 164-moddasi 3-qismining “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilganlikda sud tomonidan aybli deb topildi va unga nisbatan uzil-kesil ötaşlik uçun, uzoq muddatli 24 (yigirma tört) yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi.
Şuningdek, Mamadaliyev Nurmatjon Rasuloviçni Rossiya Federatsiyasi davlatidan Özbekiston Respublikasiga etap qilib olib kelinganligi uçun ketgan pullar, yaʼni 22 mln.351 ming 75 söm 10 tiyin moddiy zarar N.Mamadaliyevdan davlat foydasiga undirilişi belgilandi.









