23 yoşli Özbekiston fuqarosi nafaqadagi turkiyalik generalning töpponçasi bilan özini otib qöydi.
«Hodisa Şirin Unal oilasi va yordamçilari bilan uyida bölganida sodir bölgan. Deputat xonasidagi hodisaga aloqador barça dalillar suriştiruv materiallariga qöşib qöyilgan«, – deyiladi Turkiyadagi OAV xabarlarida.
Şuningdek, mazkur holat böyiça prokuratura tomonidan ötkazilgan tekşiruv tafsilotlari ham maʼlum qilingan. N.Q.ning jasadi 23 sentyabr kuni soat 21:00da deputat Şirin Unalning uyidan topilgan. Uning yonidan deputatga tegişli töpponça ham topilgan. Qizning ölimi Anqara kasalxonasida qayd etilgan.
Marhumaning akasining sözlariga köra, singlisining öz joniga qasd qilişiga heç qanday sabab bölmagan. Uning aytişiça, Nodira universitetga kiriş imtihonlarini topşirişga tayyorlanayotgan bölgan.
Özbekistonning konsullik bölimi mazkur hodisani öz nazoratiga olgan. Konsullik-huquqiy masalalar hal etilib, kerakli hujjatlar rasmiylaştirilganidan söng, qizning tanasi 25 sentyabr kuni Özbekistonga olib kelingan.









