Dunyo Trampning uyğonişini kutyapti. Uruş eʼlon qilinadimi?

Dunyo Trampning uyğonişini kutyapti. Uruş eʼlon qilinadimi?

AQŞ hamon uyğongani yöq. Bu orada AQŞ askarlari joylaşgan Iroq ğarbidagi Ayn al-Asad harbiy-havo bazasi Eron tomonidan raketa hujumiga uçradi.

Hujum eronlik general Qosim Sulaymoniyning ölimi uçun öç oliş harakati deb ataldi. Aviabazaga 10 ga yaqin raketa uçirilgan.

Ayni vaqtda harbiy bazaga qilingan havo hujumi oqibatida 80 kişi halok bölgani aytilmoqda. Biroq, qurbonlar AQŞ harbiylarimi yoki mahalliy tinç aholi, bu böyiça rasmiy maʼlumotlar berilganiça yöq. Oq uy esa raketa hujumi bölganini tasdiqladi va oqibatlari haqida miq etmadi. Qurbonlar haqida ham söz oçmadi. Umuman, Oq uy eşiklari ortidagi vaziyat hozirça heç kimga ayon emas

Tramp uçun bu keça juda uzun va tahlikali böldi. U raketa zarbasidan keyin Oq uyda Mudofaa vaziri Mark Esper, Davlat kotibi Maykl Pompeo va Birlaşgan ştab boşliqlari raisi Mark Milli iştirokida tezkor yiğiliş ötkazgan.

Tramp 7 yanvar oqşomida “Men ertalab bayonot beraman”, degan edi. Ayni vaqtda butun dunyo uning rasmiy bayonotini yoki Twitter orqali navbatdagi çiqişini kutmoqda. 

Hozirça xalqaro siyosatdonlarda ikki ehtimol bor: Donanld Trampning Twitter’dagi vazminligiga köra, u biroz vaqt ötişini kutadi yoki Eronga javob qaytargudek bölsa ham, bu juda jiddiy javob bölmaydi.

Aslida Donald Tramp voqealarning rivojiga köra bayonot berişi kutilayotgan edi. Mutaxassislarning fikriça, yo Tramp bayonot berişdan özi voz keçgan, yoki bunga ruxsat tegmagan. Ammo şunisi aniqki, AQŞ Eronning har qanday zarbasiga avval boşdanoq tadorik körib qöygan. 

Balki, Tramp xalqaro hamjamiyatga rasmiy bayonot ham berar. Lekin, bunda u nima haqida gapiradi? Xöş, AQŞ Eronga nisbatan uruş eʼlon qiladimi? 

Siyosatçilarning fikriça, Tramp bayonot bilan çiqadi, albatta. Biroq, katta ehtimol bilan biroz ortga çekinadi. U vaziyatga qaltis va keskin baho bermasdan, içki siyosatdagi vaziyatga tayangan holda, yana AQŞning eng yirik va kuçli armiya egasi ekanini eslatadi. Buning ortidan esa anʼanalariga sodiq qolgan holda Eronga tahdid qilişda davom etadi Biroq, uning vaziyatni uruşgaça olib borişi taxmin qilinmayapti. 

Agar Donald Tramp Eronga qarşi uruş oçiş qarorini olsa ham, Pentagon aql bilan iş tutadi va Trampga qarşi çiqadi. Boisi Amerika xalqi uruş istamayapti. Uruşga moyillik faqat Prezident Tramp va uning fikran ittifoqdoş korçalonlarida mavjud. 

Eslatib ötamiz, Tramp Eronning havo hujumi haqida ijtimoiy tarmoqda şunday yozgan edi: 

“Hammasi yaxşi! Iroqdagi ikkita harbiy bazaga raketalar Erondan uçirilgan. Hozir talafotlar aniqlanyapti. Hozirça hammasi joyida!” Qalampir.uz 

×