Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirişi oqibatida 3500 ga yaqin rus askari halok böldi, 200 nafari asirga olindi. Bu haqda Ukraina Prezidenti devoni maslahatçisi Mixail Podolyak maʼlum qildi.
Ommaviy axborot vostalarida qayd etilişiça, Rossiya harbiylari Kiyev çekkasidagi aerodromni egallab olgan va bu operatsiya davomida Ukraina tomoni 200 dan ortiq odamni yöqotgan.
Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi maʼlumotlariga köra, Ukrainaning 6 ta jangovar samolyoti, 1 ta vertolyoti, 5 ta droni urib tuşirilgan. Şuningdek, 67 ta tank va boşqa zirhli texnikalar, 16 ta raketa tizimi hamda 87 ta boşqa harbiy texnika yöq qilingan.
Ukraina Qurolli kuçlari Boş qömondoni bortida 126 nafar desantçilar bölgan IL-76 samolyoti Vasilkov (Kiyev viloyati) yaqinida urib tuşirilganini maʼlum qildi.
Şuningdek, bugun, 26 fevral kuni yarim tunda Rossiyaning bir vertolyoti va Su-25 hujumçi samolyoti Ukrainaning S-300 zenit-raketa majmuasi tomonidan urib tuşirildi.
Rossiyaning Ukrainaga bosqini
Joriy yilning 21 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Kremlda Ukraina şarqidagi özini mustaqil deb eʼlon qilgan Lugansk xalq respublikasi (LXR) va Donetsk xalq respublikasini (DXR) tan oliş töğrisidagi farmonni imzoladi. Keyinroq RF respublikalarni şu nomdagi viloyatlar çegaradagi tan olganini taʼkidlab, Ukrainaga qarşi uruş xavfini oşirib yubordi.
Putinning favqulodda qarori ortidan AQŞ, YEI, Kanada, Avstraliya, Buyuk Britaniya va Yaponiya rasmiylari ham Rossiyaga qarşi sanktsiyalar kiritdi.
24 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukraina şarqida Donbassda rus harbiylari "maxsus harbiy operatsiya" boşlaganini eʼlon qildi va rus qöşinlari Ukrainaga hujum boşladi. Putin bu harakatini Ukraina şarqidagi rossiyaparast separatist kuçlar rahbarlari şunday sörov yuborgani bilan oqladi.
Buning ortidan Zelenskiy Rossiya fuqarolariga rus tilida murojaat qilib, ukrainlarga “na sovuq, na issiq, na gibrid uruş kerak emas”ligini, ukrainlar hujumçilarni kutib olişga tayyorligini bildirdi. Köp ötmay Prezident Rossiya bilan diplomatik aloqani uzdi.
Rus qöşinlari dastlab Kiyev va Xarkovga raketa hujumi uyuştirdi. Prezident Zelenskiy mamlakatda harbiy holat eʼlon qildi. Şuningdek, rasmiy idora rus qöşinlari Xarkov va Odessa viloyatiga kirib borganini bildirdi.
Hujum boşlanganidan köp ötmay, LXR Içki işlar vaziri maslahatçisi Vitaliy Kiselev Sçaste va Stanitsa şaharçalari LXR nazoratiga ötganini eʼlon qildi.
Ukrainaga hujum boşlanişi Rossiya iqtisodiga oğir zarba berdi. Rus kompaniyalari aktsiyalari keskin arzonlaşdi, Moskva birjasida savdolar mislsiz darajada pasayiş bilan ötdi. Gazprom, LUKOYL va boşqa yirik kompaniyalar yöqotişlarga uçradi.
25 fevral kuni Zelenskiy Ukrainada umumiy harbiy safarbarlik eʼlon qildi. Armiyaga çaqiruv mamlakatning qator viloyat va şaharlarida amalga oşirilişi belgilandi.









