Jurnalist va blogerga tuhmat qilgan Andijon şahar hokimligi matbuot xizmati rahbariga jazo tayinlandi

Jurnalist va blogerga tuhmat qilgan Andijon şahar hokimligi matbuot xizmati rahbariga jazo tayinlandi

Bundan bir neça kun avval Human.uz axborot portali muassisi hisoblangan “Human Media” masʼuliyati çeklangan jamiyati boş direktori, jurnalist va bloger Xurşid Daliyevning şikoyatiga asosan Andijon şahar hokimligi matbuot xizmati rahbari Gulşanoy Qöçqarovaga nisbatan Özbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksining 40-moddasi (tuhmat) bilan maʼmuriy iş qözğatilgani haqida maʼlum qilgan edik.

Bugun, 8 yanvar kuni Andijon şahar maʼmuriy sudida mazkur maʼmuriy huquqbuzarlikka oid iş körib çiqildi.

Sud qaroriga köra, Gulşanoy Qöçqarova Özbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksining 40-moddasi (tuhmat) va 41-moddasi (haqorat qiliş)da nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etganlikda aybdor deb topilib, 5 million 575 ming söm miqdorida jarimaga tortildi.

Xabaringiz bor, Gulşanoy Qöçqarova Andijon şahar hokimligining telegram ijtimoiy tarmoğidagi sahifasi orqali X.Daliyevni oçiqdan-oçiq haqorat qilib, unga nisbatan tuhmatdan iborat sözlarni işlatgan.

×