Varşavada Şavkat Mirziyoyevga tuhmat qilgan namanganlik, aslida, kim?

Varşavada Şavkat Mirziyoyevga tuhmat qilgan namanganlik, aslida, kim?

Yaqinda Varşavada bölib ötgan ‒ inson huquqlarini himoya qiliş xalqaro taşkiloti ‒ OBSEning nufuzli anjumanida aytilgan favqulodda bir nutq eʼtiborimni tortdi.“Hammaga bir xil imkoniyat va teng imkoniyat” (Ravneye vozmojnosti dlya vsex) nomli men hali heç qayerda eşitmagan va bilmagan notijorat özbek muxolifat taşkiloti vakili sözga çiqib , kutilmaganda ‒ he yöq, be yöq ‒ Özbekiston Prezidenti Ş.M.Mirziyoyev şaʼniga tuhmat qilib, jamoatçilikni çalğitişga urindi. Göyoki Özbekistonda uy hayvonlari yoppasiga qirilayotgan, Vatan darvozalari va yer osti boyliklari Rossiyaga oçib berilayotgan, inson huquqlari toptalayotgan, mamlakatda diktatura va totalitar tuzum hukmronlik qilayotgan emiş... Garçi bu xabarlar mutlaqo notöğri va asossiz bölsa-da, dunyoda inson huquqlarini himoya qilişdek vazifani öz zimmasiga olgan nufuzli xalqaro anjuman minbaridan aytilgan edi. Şu voqea sabab, men öşa yolğonçi Xasanboy Burxonov şaxsi bilan qiziqdim. Uning Özbekistondagi kirdikorlarini eşitib, firibgarliklaridan voqif bölib, bu haqda boşqalarni ham ogoh etişga qaror qildim. Toki ona Vatanida qalloblik qilib, jazodan qutilib qoliş umidida xorij ellar sari yuz tutgan va öz gumaştalarining topşiriğini bajarib, Özbekiston va uning Prezidentiga toş otiş evaziga siyosiy boşpana badalini tölayotgan bu firibgarning asl başarasini butun dunyo jamoatçiligi yaxşilab bilib qöysin. Xöş, bu nusxaning özi kim?

1.JPG

Burhonov Hasanboy Boqiboyeviç, 1970 yilda Namangan viloyatida tuğilgan, Özbekiston Nogironlari jamiyatining sobiq örinbosari (2007-2012 y.y.), birinçi guruh nogironi. 2012 yildan buyon Germaniyaning Boxum ‒ (nem. Bochum, n. – nem Baukem) şahrida istiqomat qiladi. 2009 – yilning 9-aprelida Toşkent şahar prokuraturasi tomonidan X. Burhonovga nisbatan Özbekiston Jinoyat Kodeksining 207, 167 ‒ moddalari bilan jinoyat işi qözğatilgan. Özbekiston nogironlar jamiyatining raisi O. Isoqovga nisbatan qözğatilgan jinoyat işi doirasida (H. Burhonovni Toşkent şahar nogironlar jamiyati raisi lavozimiga tiklaş maqsadida 1000 AQŞ dollari miqdorida pora olayotgan vaqtida uşlangan) Toşkent şahar nogironlar jamiyatini iqtisodiy-xöjalik faoliyatini tekşiriş natijasiga köra, X.Burhonovga jinoyat işi qözğatilgan.Tergov jarayonida aniqlanişiça – H.Burhonov 2007-2008 yillarda bozor narxini örganmagan holda 2.525 dona körpa-töşak jildlari (pastelniye belyo)ni 81 million söm miqdorida xarid qilgan. Öşa vaqtda jildlarning har bir töplami örtaça 4 ming söm bölgan.Uşbu holat yuzasidan 20.09.2011 yilda Özbekiston nogironlar jamiyati raisining maslahatçisi Gofurov Enkeles Toşkent şahar prokuraturasiga ariza bilan murojaat qilgan.17.10.2011 yilda Yunusobod tuman prokuraturasi Fuqarolik işlari böyiça Mirzo Uluğbek tumanlararo sudiga M.Burhonov davlatga 91 mln. söm ziyon keltirganligi yuzasidan daʼvo arizasi kiritgan.23.04.2012 yilda sud H.Burhonovdan körsatilgan qarzni qaytariş hamda 18 mln. söm miqdorda davlat soliğini undiriş böyiça qaror çiqargan. Keyinçalik ötkazilgan ekspertlik tekşiruvi mobaynida aniqlanişiça, H.Burhonov tomonidan davlatga jami 59 mln. söm miqdorida zarar keltirilgan…

4.JPG

Endi bu muttaham firibgarning qanday qilib xorijga çiqib ketgani haqida: 2012 – yilning sentyabr oyida Hasanboy Burhonov Germaniyaning Dyusseldorf şahriga nogironlar huquqini himoya qiliş yuzasidan ötkazilişi rejalaştirilgan konferentsiyada iştirok etiş uçun Özbekistondan çiqib ketgan. Ammo, öziga nisbatan qözğatilgan jinoyat işi mavjudligi uçun mamlakatga qaytib kelmagan… Qöşimça qilib yana şuni aytiş lozimki, Hasanboy Burxonov Feysbuk ijtimoiy tarmoğidagi “Hasanboy Burxonov” nomi ostidagi öz sahifasi https: //wwwfecebook.com/da Özbekiston va uning Prezidenti olib borayotgan davlat siyosatini – alamzadalik va ğaraz niyatda – doimiy ravişda qoralaş bilan şuğullanib keladi. Joriy yilning 21 – yanvar kuni Özbekiston Prezidentining Germaniya davlatiga rasmiy taşrifi çoğida ham Berlin şahridagi Bundestag binosi oldida norozilik namoyişi ötkazib, internet orqali tarqatgan.  Eng yomoni, mazkur namoyiş vaqtida H.Burhonov dunyo hamjamiyatini Özbekistonning amaldagi konstitutsion tuzumini kuç bilan qulatişga çaqirgan…

3.JPG

 Biz Hasanboy Burhonovning Özbekiston va uning Prezidentiga nisbatan yolğon va böhtondan iborat bölgan asossiz tanqidiga emas, balki uning mamlakatdagi asl ahvolni buzib talqin qilişi va dunyo hamjamiyatini çalğitişga çiranişiga qarşimiz. Tanqid qilsang – asos va dalillar bilan tanqid qil. Lekin xorijdan turib Özbekiston Prezidentiga tuhmat qiliş, hukumatni kuç bilan ağdarib taşlaşga çorlaş – Yer yuzining barça demokratik davlatlarida Qonun bilan taʼqiqlangan va buning uçun juda qattiq jinoiy javobgarlik bor. Özini – xorijdagi özbek muxolifatining “eng aqlli va vatanparvar” faoli deb hisoblovçi, boz ustiga – “Barça uçun teng imkoniyatlar” (“Ravniye vozmojnosti dlya vsex”) nomli balandparvoz nom bilan atovçi notijorat taşkilot aʼzosi Hasanboy şu oddiy haqiqatni bilmaydimi?! Biladi, lekin u va uning xorijdagi hamtovoq salaflari – Özbekistonning kuç işlatar tizimlari, xususan, Davlat xavfsizlik xizmati idorasi bu borada juda zaif va ojiz, deb öylasa kerak. Rostdan ham şundaymikan? Buni endi vaqt körsatadi… Eng yomoni, Hasanboy Burxonov yolğiz emas. Uni Özbekiston içkarisi va taşqarisida işongan hamtovoqlari, haybarakallaçilari bor. Varşavada ötgan xalqaro tadbir fikrimizga asosdir. Odatda, bunday nufuzli xalqaro anjumanda notiqlarning özi çumoliday örmalab minbarga çiqolmaydi. Hasanboy Burhonovning uşbu sammitdagi iştiroki, “Dunyo özbeklari” suriştiruviga köra – “Xyuman Rayts Votç” XNNTning Markaziy Osiyo böyiça vakili Stiv Sverdlou tomonidan taʼminlangan. Hasanboyga “Inson huquqlari böyiça özbek-german forumi” taşkiloti rahbari Umida Niyozova tavsiyanoma yozib bergan. Uşbu tavsiyanoma bilan S.Sverdlou unga xalqaro nodavlat va notijorat taşkilotlaridan grant mablağini olib bergan. Hasanboy Varşavaning qimmatbaho mehmonxonasida istiqomat qilib, sammitda S.Sverdlouning yordami bilan bir neça bor öz çiqişlarini taşkillaştirgan… Har qanday insonda öz fikrini aytiş va tanqid qiliş huquqi bor. Buni inkor etmoqçi emasmiz, lekin Vatanga va Prezidentga TUHMAT qiliş huquqi heç kimga berilmagan. Dunyoda balolar köp. Lekin “Tuhmat balosidan saqla!” deb bekorga aytişmagan. Hasanboy Varşava anjumanida Özbekistonni sof köngil bilan, soğlom ruhda, asosli va isbotli tanqid qilganida, biz heç narsa demasdik. U öz sözi bilan professional tuhmatçi va firibgar ekanini isbotladi. Yuqorida u yolğiz emas, dedik. Alamzadalar hamma yerda bölgani kabi Özbekistonda ham bor. Hasanboyni öz davrida nogironlar orasiga qöşib qöyganlar ham – öşa alamzadalar. Öğirligi, oçközligi, firibgarligi oçilib, qamoqxona eşigiga borganida Hasanboy nega qamalmay, çetga çiqib ketdi? Qanday qilib? Albatta, homiy-hamtvoqlarining yordami tufayli. Demak, bugun öşa kazzoblarni ham topiş, qilmişiga yaraşa jazolaş şart. Meni yana bir narsa qattiq ajablantiradi: Quturgan itlarni bilamiz. Örmonda sanğib yurgan böri va arslonlarni ham körganmiz. Lekin muttahamning quturganini hali körmagan edik. Agar Hasanboy quturmaganida – özi tuğilgan Vataniga, Prezidentiga qarab akillamas edi. Özbekiston Prezidentining şaxsan taşabbusi bilan sönggi bir yilda dunyoning uruş olovlari yonib turgan davlatlarida adaşib yurgan qança-qança özbeklar, ularning farzandlari yurtga olib kelindi. Adaşgan, qilmişidan puşaymon bölgan edi ular. 

2.JPG

Ammo öz paytida qilar işni qilib, beş qölini oğziga tiqqan va jazodan qoçib çet ellarda turli taşkilotlarga suqilib kirib olgan, tavbasiga tayaniş örniga özidan “qahramon-vatanparvar” yasaş ilinjida tilini sakkiz qariç qilib, ijtimoiy tarmoqlarda tinmay vaysab turgan imonsizlar ham borki, undaylarning böyniga ip boylab, sudrab olib keliş va qilmişiga yaraşa “mukofoti”ni beriş ham kerak. Demak, raiyatning oddiy talablari ana şunday. Aks holda, Hasanboy Burhonovga öxşaş vaysaqilarning jaği hali-beri yopilmasligi mumkin. Xalqaro qonun-qoidalarga köra oddiy odamga tuhmat qilgan şaxs ham barça demokratik davlatlarda qonun oldida javob beradi. Katta mamlakat rahbariga tuhmat qilgan Xasanboy Burxonov ham jazolanişi şart. U zudlik bilan Özbekistonga ekstraditsiya qilinişi lozim! Boşqaça bölişi mumkin emas!!! 

  Ismat Xuşev,“Dunyo özbeklari” Boş muharriri, Toronto şahri, Kanada…

Manba: ÖzA

×