Yolğon, taxminiy, tuhmat axborot tarqatişning “haddini olgan” “Ozodlik” radiosi Farğona viloyatida yöl harakati hodisasi tufayli ikki nafar halok bölgan va 2 nafar şifoxonaga tuşgan Danğara tumanidagi maktab direktor örinbosarlari fojeasini viloyat hokimi Ş.Ğaniyevga boğlamoqçi bölganlar. “Farğona hokimi Ş.Ğaniyev tungi selektorga çaqirtirgan maktab rahbarlari avariyada halok böldi” sarlavhali maqolasida şunday yozadi: “Guvohlarning Ozodlikka aytişiça, maktab rahbar muovinlari Farğona viloyati hokimligida soqol va römol masalasida 30 sentyabrga ötar keçasi ötkazilgan tungi majlisda qatnaşiş uçun qariyb 90 kilometrlik masofaga “Neksiya 1” maşinasida yölga çiqqan”. Maqolada yozilişiça, haydovçi Qöqon şaxriga kiraverişda maşinani çiroq ustuniga urgan.
Farğona viloyati hokimligi yöl transport hodisasida halok bölganlar oila aʼzolariga çuqur hamdardlik bildiradi. Jarohat olganlar tezroq soğayib ketişini tilaydi.
Farğona viloyati xokimligi Axborot xizmati “Ozodlik”ning tuhmatçi jurnalistlari iddao qilayotganidek, 30 sentyabrga ötar keçasi Farğona viloyat hokimligida heç qanday selektor yiğilişi ötmaganligini, boşqa biron bir sabablar bilan ham heç kim, jumladan Danğara tumanida avtohalokatga uçragan şaxslar viloyat hokimligiga çaqirilmaganini bildiradi.
Bu Farğona viloyati hokimi Şuxrat Ğaniyevga, davlat boşqaruv idoralariga qarşi ğarazli niyatda atayin uyuştirilayotgan, Özbekistonda ijtimoiy-siyosiy vaziyatni izdan çiqariş, fuqarolarning noroziligini şakllantirişga qaratilgan qabix rejaning amaliy ijrosidan bölak narsa emas.
Şu munosabat bilan Farğona viloyati hokimligi Axborot xizmati mamlakatimiz aholisi, internet, ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilarini bunday tuhmat öyinlariga işonmaslikka, ularga munosib javob berib xalqimiz birdamligini mustahkamlaşga çaqiradi.
Farğona viloyati hokimligi axborot xizmati









