Guliston şahridagi eski bozor hududida Milliy gvardiya va IIB xodimlari odamlarni avtobusga tiqib olib ketişayotganligi töğrisida tarqalgan videoxabar yuzasidan şahar hokimligi axborot xizmati rasmiy munosabat beldirdi.
Munosabatda qayd etilişiça, joriy yilning 13 mart kuni Respublikamizning barça xududlarida bölgani kabi Guliston şahridagi mavjud mahallalar, xususan, eski dehqon bozor xududida ham umumxalq xayriya haşari doirasida obodonlaştiriş işlari olib borilişi közda tutilgan. Biroq, mast holatda bölgan bir-neçta fuqaro obodanlaştiriş işlariga halaqit qilişgan.
Yuzaga kelgan tartibsizlikni oldini oliş maqsadida, IIB hamda Milliy gvardiya xodimlari tomonidan zaruriy çoralar körilgan. Uşbu holat yuzasidan fuqarolarga Özbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi Kodeksning 183, 187 hamda 195-modallari talablarini buzganligi sababli, qonuniy tartibda hujjatlar rasmiylaştirilgan.









