Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyati hokimligi binosi oldida köplab fuqarolar iştirokida yuzaga kelgan tartibsizliklar aks etgan videolavha tarqalgan edi.
Uşbu holat böyiça viloyat hokimligi Matbuot xizmati rasmiy munosabat bildirdi.
Maʼlum qilinişiça, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolavhada fuqarolar özlarining şaxsiy murojaatlari bilan viloyat hokimligi binosi oldiga norasmiy manbalarga işongan holda, viloyat hokimi qabuli ötkazilayotganini aytib, uşbu qabulda iştirok etiş maqsadida kelganliklari aniqlangan.
Uşbu fuqarolar yöl harakati xavfsizligi qoidalariga amal qilmaganligi uçun tartibsizlik yuzaga kelgan.
Şu kunning özida viloyat hokimining birinçi örinbosari A. Egamberdiyev boşçiligida barça örinbosarlar tomonidan fuqarolar qabuli taşkil etilgan. Şuningdek, uşbu fuqarolarga viloyat hokimining qabuli tasdiqlangan jadvalga asosan har oyning oxirgi şanba kunida ötkazilişi tuşuntirilgan.
Taʼkidlanişiça, murojaatçilarning arzlari röyxatga olinib, ijrosini taʼminlaş maqsadida tegişliligi böyiça mutasaddi taşkilotlarga yuborilib, nazoratga olingan.









