Özbek-qirğiz çegarasida nima böldi? Öq uzgan kim?

Özbek-qirğiz çegarasida nima böldi? Öq uzgan kim?

Özbek-qirğiz çegarasining belgilanmagan qismida Qirğiziston fuqarolari va Özbekiston çegaraçilari orasida mojaro sodir böldi. Bu haqda Qirğiziston Respublikasi Davlat çegara xizmati xabariga asoslanib Sputnik xabar bermoqda.

“Qirğiziston fuqarolari yöqolgan mollarini qidirib, bilmagan holda,çegaraning bahsli qismini kesib ötişgan. U yerda ular Özbekiston çegaraçilarini uçratib qolişgan. Oğzaki kelişmovçilik keyinçalik muştlaşuvga aylangan.

Töqnaşuvni töxtatiş uçun özbekistonlik harbiylar osmonga qarata bir neça bor öq uzgan. Jarohatlanganlar yöq”, deyilgan xabarda.

Uşbu voqeadan söng Qirğizistonning Ala-Buka tumani çegara otryadi hamda Özbekistonning Pungan yönalişi çegaraçilari vakillarining uçraşuvi bölib ötgan. Uçraşuvda kelajakda ana şunday töqnaşuvlarning oldini oliş maqsadida mahalliy aholi orasida tuşuntiruv işlari olib boriş masalalari muhokama qilingan.

Ayni damda çegarada vaziyat barqaror.

Qalampir.uz

×