Özbek-qirğiz çegarasida maxfiy tunnel topildi

Özbek-qirğiz çegarasida maxfiy tunnel topildi

Qirğiziston milliy xavfsizlik davlat qömitasi xodimlari 20 may kuni Qorasuv tumanidagi Telman qişloğida 270 metrli maxfiy lahmni aniqlaşgan.

Tunnel 15 metr çuqurda qazilgan bölib, kiriş yölaklari 1,8 m.ga 1,5 metr. Özbekiston çegarasigaça bölgan masofa esa 40 metrni taşkil qiladi.

Mazkur yer ukastkasi egasiga nisbatan qayta suriştiruv işlari ötkaziladi. Çunki ayni paytda bu şaxs Jalolobod viloyatidagi ruhiy xastaliklar şifoxonasida davolanayotgani aytilgan.

×