Keça, 22 dekabr kuni keçasi Tojikiston-Qirğiziston çegarasida yana otişma sodir böldi. Oqibatda çegaraga yaqin qişloqda mahalliy aholining uyi zarar körgan. Bu haqda “Aziya-Plyus” naşri xabar berdi.

Qayd etilişiça, Tojikistonning Isfara tumanida yaşovçi fuqaroning uyi Qirğiziston fuqarolari tomonidan öqqa tutilgan.

Maʼlum qilinişiça, uyga öq uzilişi oqibatida oynalar singan va bitta öq yotoqxonadagi devorga borib tekkan. Uyning taşqi devorlarida ham öq izlari qolgan va eng asosiysi uşbu uyga birinçi marotaba bölayotgan hujum emas.
Joriy yilning aprel oyidagi tojik-qirğiz mojarolari vaqtida ham uşbu uy butunlay vayron bölgan. Şundan söng, ijro hokimiyati xodimlari kömagida qayta tiklangan.
Aytiş joizki, uşbu uy öqqa tutilişida avvalroq Tojikiston va Qirğiziston çegarasida otişma sodir bölgan. OAV maʼlumotlariga köra, tojik çegaraçilari Qirğiziston fuqarosining yuk maşinasiga qarata öq uzgan. Şundan söng, har ikki davlatning hokimiyat, çegara xizmatlari va huquq-tartibot idoralari vakillari voqea joyiga yetib kelişgan.
Maʼlumot örnida, Qirğiziston va Tojikiston çegarasi vaqti-vaqti bilan mahalliy aholi va ikki davlat çegaraçilari örtasidagi töqnaşuvlar hududiga aylanib bormoqda.









