Keça, 13 may kuni Qirğiziston va Özbekistonning çegaradoş qişloqlari aholisi örtasida maişiy mojaro kelib çiqdi. Qayd etilişiça, hududda janglar ham kuzatilgan.
Xabar qilinişiça, 13 may kuni Botken tumani Soy qişloği va Özbekistonning Söx tumani Çaşma qişloği aholisi örtasida janjal yuzaga kelgan. Ikki aholi punkti aholisi çegara zonasida töplangan. Voqea joyiga kuç tuzilmalari va ikki davlatning mahalliy hokimiyati vakillari yetib kelgan. Aholi bilan tuşuntiriş işlari olib borilgan. Söx va Botken huquqni muhofaza qiliş idoralari voqeani tekşirmoqda.
Tuman hokimi Uçqun Jörobekov bergan izohida, özbek qişloği aholisiga tegişli çorva mollari Qirğiziston hududiga ötib ketganini maʼlum qildi.
“Bu haqda Qirğiziston fuqarolari Çaşma qişloğida yaşovçilarga mollarini qaytarib olişlari uçun xabar bergan. Şu örinda, mojaro yuzaga kelgan. Ammo bu unçalik katta janjal emas edi. Dastlabki maʼlumotlarga köra, Özbekiston fuqarosi Soy qişloğining ikki aholisini kaltaklagan, söngra öz joyiga qoçib ketgan. Ayni paytda Aydarken va Söx çegara otryadlari boşliqlari, mahalliy özini özi boşqariş organlari rahbarlari joylarda aholi bilan tuşuntiriş işlarini olib bormoqda”, deydi hokim.
Qirğiziston hukumatining Botken viloyatidagi vakolatli idorasi xabar qilişiça, soat 15:00 gaça ikki çegaradoş qişloq aholisi tarqalib ketgan. Mojaro iştirokçilari yaraştirilgan. Şu bilan birga, voqea yuzasidan tekşiruv olib borilmoqda.
Çegara hududidagi vaziyat hukumatning mintaqadagi elçixonasi tomonidan barqaror deb baholanmoqda.
Bu özbek-qirğiz çegarasidagi birinçi töqnaşuv emas. 2020 yil 31 may kuni Özbekiston Respublikasi Söx tumani Çaşma qişloğining Qirğiziston Respublikasi Botken viloyati Qadamjoy tumani Çeçme ayili bilan çegaradoş hududida joylaşgan “Çaşma” buloği böyida Qirğiziston hamda Özbekiston fuqarolari örtasida buloqdan foydalaniş yuzasidan kelib çiqqan nizo oqibatida ommaviy tartibsizliklar röy bergandi.
Uşbu nizoni bartaraf etiş maqsadida Söx tumani Çaşma qişloğiga yetib borgan mahalliy hokimiyat vakillari hamda huquqni muhofaza qiluvçi organ xodimlariga tartibbuzarlar tomonidan faol qarşilik körsatilib, ularga turli darajada şikastlar yetkazilgan.
Ötgan yilning noyabr oyidan buyon mazkur jinoyat işini köriş işlari davom etayotgan bölib, sud muhokamasi yakunlanmoqda.
Farğona viloyat sudining jamoatçilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar bölimi xabariga köra, "Söx voqealari”ga oid jinoyat işi böyiça sud muhokamasi oçiqlik va şaffoflik tamoyillari asosida olib borilib, işni körişda 22 nafar sudlanuvçi, 36 nafar jabrlanuvçi va 21 nafar guvohlar söroq qilingan.
Eslatib ötamiz, çegara hududidagi töqnaşuv ortidan Özbekiston Boş vaziri Abdulla Aripov Söx tumaniga borgandi. U Botken viloyatida Qirğiziston Boş vaziri birinçi örinbosari (hozirda Boş vazir) Kubatbek Boronov bilan uçraşgandi.
Joriy yilning 18 mart kuni Farğona viloyat sudida Söx tumanida bölib ötgan ommaviy tartibsizliklar yuzasidan ayblangan 22 nafar şaxsga hukm çiqarildi.









