Tojik-qirğiz çegarasida barça harbiy harakatlar töxtatildi. Bu haqda Tojikiston taşqi işlar vaziri Sirojiddin Muhriddin BMT Boş Assambleyasidagi çiqişi çoğida aytib ötdi.
Uning aytişiça, 19 sentyabr kuni ikki tomonning vakolatli şaxslari vaziyatni tartibga soliş böyiça Protokolni imzolagan. Hududlarni birgalikda tekşiriş taşkil etilgan.
"Ayni paytda Qirğiziston tomoni erişilgan kelişuvlardan çetga çiqib, qöşinlar va oğir harbiy texnikani özaro töqnaşuv çiziğidan olib çiqib ketayotgani, ularni çegaradoş aholi punktlarida yaşirayotgani haqidagi yolğon körinişni yaratayotganidan afsusdamiz", dedi TIV rahbari.
"Şuning uçun çegara hududidagi har qanday keyingi keskinlik uçun javobgarlik töliq Qirğiziston zimmasiga tuşadi", — deya xulosa qildi u.









