Yangi yil aslida kimning bayrami?

Yangi yil aslida kimning bayrami?

Tarixiy maʼlumotlarga köra, taxminan XVII asr oxiriga qadar butun dunyoda Yangi yil bayrami mart oyining boşida, bahorgi ekin-tekinlar mavsumi bilan bir vaqtda nişonlangan.

Miloddan avvalgi 46 yilda Yuliy Tsezarning yangi yilni 1 yanvardan boşlaş haqidagi qarori haqida maʼlumotlar ham bor, lekin öşa vaqtda bu keng tarqalgan udumga aylanmagan.

Rossiyada Yangi yilni keng nişonlaş odati Pyotr I davrida paydo bölgan. Bir neça yil Yevropada yaşab, ularning turmuş tarzini örgangan rus imperatori 1699 yilning 29, 30 dekabrida 2 ta farmon çiqaradi.

Ularning birida Rossiyada yil hisoblaşni yangiça taqvimga köra amalga oşirişni nazarda tutgan edi. Şunga qadar Rossiyada yillar Vizantiya taqvimiga köra (dunyo paydo bölgan kundan boşlab) hisoblanar edi.  Şunday qilib eski taqvimdagi 7208 yil yangi taqvimiga muvofiq 1700 yilga aylanadi.

Ikkinçi farmonda Yevropa davlatlarida bölgani kabi, Yangi yil şarafiga Moskva şahar köçalari va yirik binolarni arça şoxlari bilan bezatiş, bayram oqşomida olov yoqib, muşakbozlik qiliş aytib ötilgan edi.

Pyotr I davridan söng Yangi yil bayramini nişonlaş, sekin-asta unutila boşladi, desak ham böladi. Bayram faqat ayrim badavlat xonadonlarda ötkazilar edi. Keyingi imperator Yelizaveta I davrida, Yangi yil oqşomi bir neça ming kişi iştirokida ball-maskaradlar ötkaziş rusum böladi. Keyinroq Yekaterina II davrida esa, bayramda şampan vinosi içiş va bir biriga sovğa ulaşiş odati paydo bölgan ekan.

1852 yilda Sankt-Peterburgdagi Yekaterigof vokzali maydonida Rossiyadagi birinçi yangi yil arçasi örnatiladi.

Oktyabr revolyutsiyasidan keyin 1918 yilda bolşeviklar Yangi yil bayramini “revolyutsiya ğoyalariga zid, ğarb burjuaziyasining illati” deya tamğa bosib, uni bayram qilişni taqiqlab qöyaadi. Uning örniga ular 7 oktyabrda “Qizil böron” bayramini joriy etişadi. Lekin bu bayram odamlarga maʼqul kelmaydi, ular yangi yilni baribir yaşirinça bayram qilişda davom etişadi.

Şundan söng, 1935 yil 28 dekabr kuni partiya vakili bölgan Pavel Postişev “Trud” gazetasida “Keling, bolalar uçun Yangi yilda yaxşi arça bayram uyuştiramiz”, degan maqolasi çiqadi.  Unda muallif “Arça bayrami”ga siyosiy yoki diniy baho berişga, notöğri talqin qilişga qarşi çiqadi va misol tariqasida revolyutsiyadan oldin boy badavlat kişilar va maldorlar bolalar uçun arça bayramlar uyuştirganini esga oladi. Nima uçun sovet bolalari bunday baxtdan mahrum bölişi kerak degan savolni qöyadi.

Bir kun ötib “Pravda”da VLKSM boş kotibi Kosarevning barça maktab  va bolalar klublarida 1 yanvar kuni Yangi yilni nişonlaş haqidagi farmoni eʼlon qilinadi. 1936 yilning 1 yanvarida davlat rahbari Iosif Stalinning birinçi Yangi yil tabrigi eʼlon qilinadi.

Yillar ötişi bilan Yangi yil bayramida Qorbobo va Qorqiz obrazlari paydo böladi. Sovet davrining keyingi yillarida olive salati hamda mandarin ham yangi yil kuni isteʼmol qilinadigan odatiy taomlarga aylanadi.

Sovet ittifoqida 15 ta respublika, yuzlab millat vakillari istiqomat qilgan. 55 yildan ortiq vaqt davomida bu kun butun ittifoqni qabram olgan. 

Bayram arafasida har bir maktabda arça bayramlari ötkazilgan, Qorbobo sovğalar ulaşgan. Undan söng esa 10-12 kunlik taʼtil berilan.

Manba: Sputnik

×