Özbekistonda joriy yilgi paxta yiğim-terimi mavsumi avvalgi yillarga nisbatan öziga xos qiziqarli va unutilmas voqealarga boy tarzda keçmoqda. Bir tomonda hukumat majburiy mehnat va bolalar mehnatiga qarşi qattiq kuraşayotgan bölsa, ikkinçi tarafda «hokim buva»lar paxtazorlar oralab, terimçilar davrasida yurişni odatga aylantirişdi. Hatto faol paxtakorlar va fermer xöjaligi rahbarlarini qimmatbaho buyumlar-u zamonaviy avtomaşinalar bilan rağbatlantirişmoqda.
Internetda hokimlar avtomobillar kalitini topşirgani haqidagi xabarlar qizğin muhokamalarga sabab bölmoqda. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilarida «Terimçi va dehqonlarga berilayotgan maşinalar qaysi pul evaziga olinyapti?», «Nahotki, bu yil davlat byudjetidan paxta mavsumidagi faollarga avtomobil sovğa qilişga mablağ ajratilgan bölsa?!», «Hokimiyat tasarrufida şunaqa vaziyatlar uçun maxsus fond böladimi yoki viloyatdagi boy taşkilotlarga «soliq» solinadimi?» singari qator savollar ham tuğilmoqda.
Kun.uz muxbiri hokimlik vakillari bilan suhbatlaşib, şu kabi savollarga javob topişga harakat qildi.
«Sovğa berişda qatnaşyapman xolos»
Paxtakorlarga avtomaşina tuhfa etişni Andijon viloyati hokimi Şuhratbek Abdurahmonov boşlab bergandi. Respublikada paxta mavsumiga start berilgaç, heç qança vaqt ötmay, viloyat rahbari faol terimçilarga avtomobil taqdim qilgani aks etgan suratlar internetda keng bahs-munozaralarni keltirib çiqardi. Bu kabi muhokamalar hokimga şijoat bağişlagan çoği, u ilğor terimçi-yu fermerlarga avtomaşina topşirişda hamon faollikni qöldan boy bermayapti. Ijtimoiy tarmoqlarda kinoyali va örinli savollarni örtaga taşlayotgan, ammo javob ololmayotganlar yetarliça topiladi.
Viloyat rahbari Şuhratbek Abdurahmonov bilan telefon orqali suhbatlaşib, uşbu holat yuzasidan javob oldik.
«Qişloq xöjaligi sohasida yangi tizim joriy qilindi, yaʼni hududlarda klaster korxonalari taşkil etildi. Tekstil korxonalari mavjud bölgan katta tadbirkorlarga tumanlarni berganmiz. Ular öziga biriktirilgan fermer xöjaliklari bilan birga paxtani yetiştirib, yiğib-terib va qabul qilib, kalava-ip holatiga keltirib, tayyor mahsulotga aylantirişadi. Joriy yildan viloyatning 9ta tumanida mana şunday korxonalar öz faoliyatini boşladi. Yana 4ta hududda yölga qöyişni rejalaştirganmiz.
Klaster korxona rahbarlari paxtani yetiştirişga milliardlab mablağ sarflaşgan. Ularga taşkilotçilik bölmasa, paxtani qisqa vaqtda yiğib-terolmay, sarflagan puliga kuyib qolişi mumkin. Şuning uçun mavsum oldidan ularni yiğib, bu yil paxta terimiga öqituvçilar, şifokorlar, umuman, byudjet taşkilotlari xodimlarini çiqarmaslikni, majburiy mehnatga jalb qilmaslikni taʼkidladim. Ularning örniga uyda ötirgan oddiy xalqni olib çiqiş kerakligini va albatta rağbatlantiriş zarurligini aytdim.
Birinçi terimda 1 kilogramm paxta uçun davlat tomonidan 800 söm belgilangan bölsa, klaster korxona rahbarlari öz yonidan 200 söm qöşib, terimçilarga 1000 sömdan berişyapti. Bundan asosiy maqsad aholini ruhlantirib, hosilni erta, yoğingarçilikka qoldirmay, yiğib-teriş va odamlar Qirğizistonga paxta terişga ketib qolişining oldini olişdir.
Mavsum davomida beş kunlik, ön kunlikda eng köp paxta tergan oilalar, terimçilarga televizor, muzlatkiç kabi sovğalardan taşqari avtomobillar ham sovğa qiliş fikri klaster korxona rahbarlarining özidan çiqdi. Menga ular «Şu sovğalarni öz qöllaringiz bilan topşirib bersangiz, paxtakorlar yanada xursand bölişadi», deyişdi. Maşinalarni oddiy oilalar, dalada mehnat qiliş bilan umri ötayotgan insonlarga taqdim qilişda qatnaşyapman, xolos. Hamma sovğalar klaster korxona direktorlari hisobidan olinyapti. Ularning barçasi puldor, öziga töq odamlar. Bu yerda heç qanday davlat byudjeti hisobidan mablağ sarflangani yöq. Terimçilarni vaqtida rağbatlantirayotganimiz tufayli hozirda viloyat paxtakorlari rejani 90 foizga bajardi. Marraga oz qoldi!», deydi hokim.
Viloyat hokimligi axborot xizmatidan olingan maʼlumotnomada qayd etilişiça, şu kunga qadar 10 nafar andijonlik mehnatkaşga avtomobil berilgan. Mukofotlanganlarning 4 nafari terimçi, 1 nafari suvçi, 4 nafari fermer xöjaligi rahbari va 1 nafari tuman hokimligi xodimi bölib, ular uçun 2ta «Spark», 3ta «Neksiya-3», 3ta «Lasetti» hamda 2ta «Kobalt» avtomobillari tuhfa etilgan.
«Spark»lar mahalliy byudjet hisobidan berilgani maʼlum böldi
Sönggi kunlarda Qoraqalpoğiston Respublikasida ham ilğor paxtakorlarga muzlatkiç, gaz plitasi, televizor singari uy-rözğor buyumlari qatorida «Spark» avtomaşinasi ham tantanali ravişda topşirilgani töğrisida xabarlar tarqaldi.
Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesining paxta terimi hisob-kitobi informatsion markazi tomonidan havola qilingan maʼlumotga köra, mavsumni uyuşqoqlik bilan ötkaziş hamda faol terimçilarni rağbatlantiriş maqsadida şu yilning 27 sentyabridan 7 oktyabrigaça 3ta hudud böyiça «Ön kunda eng köp paxta tergan oila» tanlovi ötkazildi. Mazkur tadbirda ğoliblikni qölga kiritgan Beruniy tumanidagi Gulxumor Rözimova, Qonliköl tumanida yaşovçi Jiyengul Yeşanova hamda Nukus tumanidan bölgan Ikrambay Ataşov oilasiga «Spark» avtomaşinasi taqdim etilgan. Uşbu avtomaşinalar ham, boşqa sovğalar ham Qoraqalpoğiston Respublikasi mahalliy byudjeti hisobidan sotib olingan.
Eng ilğor fermer sifatida «Kobalt» avtomaşinasi bilan mukofotlangan Amudaryo tumani Kuyuk köpir ovulidagi «Sardor suvçi» fermer xöjaligi raisi Örinboy Matyakubovga avtomobil «Amudaryo tekst» MÇJ klaster korxonasi hisobidan berilgani maʼlum böldi.
«Uç yildan beri fermerlik faoliyatini yuritaman. 90 gektar yer maydonining 50 gektariga paxtaning «Sulton» navini ekib, 20 nafarga yaqin işçilarim kömagida parvarişladim. Birinçi terimning özidayoq 90 tonna hosil topşirib, rejani ortiği bilan bajardik. Klaster korxonasi rahbari tomonidan avtomaşina kaliti topşirildi. Bundan juda xursandman», - dedi Örinboy Matyakubov.
«Hokimiyatning içki siri»
Farğona viloyati hokimi Şuhrat Ğaniyev klaster usulida paxta yetiştirişga kömaklaşgan tadbirkorning onasiga «Malibu» sovğa qilgani feysbuk ijtimoiy tarmoğida kun mavzusiga aylanib, foydalanuvçilarda turli savollarni uyğotdi. 200 million sömdan ziyod narxda turuvçi qimmatbaho «toyçoq»ni hokim qaysi mablağga xarid qilgani albatta, köpçilik uçun qiziq.
Dastlab, Farğona viloyati hokimligi axborot xizmati rahbari Muhammadjon Obidov bilan boğlandik.
«Bu viloyat hokimligining içki siri, men oşkor etolmayman. Lekin «Malibu» xaridida davlat byudjetidagi mablağlarning daxli yöq. Şuningdek, biror tadbirkorning ham homiylik iştiroki yöq», deya javob berdi u.
Özbekistonda oçiqlik siyosati ketayotgan davrda hokimlik vakilining bunday javobi ajablanarli.
Şundan söng, avtomaşina sohibasi bölgan Hovaxon Madaminovaning öğli - Qöştepa tumanidagi «FERGANA GLOBAL TEXTILE» MÇJ rahbari Möminjon Razzoqovga sim qoqdik. Undan avtomaşina kimning mablağiga olinganini söradik. «Avtomaşina viloyat hokimining şaxsiy mablağiga sotib olinganmi yoki farzandlar örtada pul yiğib volidangizga sovğa qildingizmi?», degan savoldan keyin tadbirkor telefonda suhbatlaşa olmasligi, Qöştepaga borsak, körişişi mumkinligini aytib, göşakni qöyib qöydi.
Moliya vazirligi nima deydi?
Holat yuzasidan fikr oliş uçun Moliya vazirligi axborot xizmati rahbari Dildora Jörayevaga ham murojaat qildik. Uning aytişiça, davlat byudjetidan uşbu maqsadlarga, yaʼni hokimiyatlar tomonidan beriladigan qimmatbaho sovğalar va maşinalar uçun heç qanday mablağ ajratilmaydi.
«Alohida taʼkidlab ötiş kerakki, byudjetdan taşqari jamğarma (fond) mavjud. Bundan taşqari, har kvartalda prognozdan ortiq tuşgan mablağ bölsa, hokimliklar mazkur tuşumlarni özlari zarur maqsadlarga yönaltiriş imkoniyatiga ega. Lekin şunday bölsa-da, har bir sarf-xarajat uçun Hisob palatasi oldida albatta, hisobot berişadi. Agarda bu kabi xarajatlar homiylar ixtiyori bilan qilinsa, bunga hokimlik organlarining özi masʼul hisoblanadi.
Tumanlar byudjetida şakllangan qöşimça mablağlarning 10 foizini aholining özi ham qayerga yönaltiriş borasida ovoz berib, bu jarayonda iştirok etişlari mumkin», - deydi Dildora Jörayeva.
P/S: Köpçilikni qiziqtirgan savollarga hokimlik vakillari bergan yuqoridagi javoblar qançalik rost yoxud töqima ekani bizga qoronği. Agar çindan ham sovğalar va avtomobillar klaster korxona rahbarlari mablaği evaziga hamda mahalliy byudjet hisobidan olinayotgan bölsa, bu kabi xabarlarni ommaga ovoza qilayotgan hokimliklarning matbuot xizmati masʼullari yanada sinçkov bölişlari zarur. Çunki OAVda tarqalayotgan axborotlarda klaster korxonalari va ularning saxovatpeşa rahbarlari nomi yozilmay, aksinça, «hokimning sovğasi» sifatida talqin qilinib, hokimlar «saxiy qahramon» sifatida körsatilmoqda. Bu esa keng jamoatçilikda turli şubha va savollarni tuğdiryapti.
Mirolim ISAJONOV,
Kun.uz muxbiri









