Özbekiston va AQŞ örtasidagi munosabatlar qanday rivojlanişi haqida tizimli tahlil va monitoring markazi prezidenti Rostislav Işçenko Sputnik uçun maxsus sözladi
AQŞning Özbekistondagi yangi elçisi Deniyel Rozenblyum öz vazifasini bajarişga kirişgaç, ötkazgan birinçi matbuot-anjumani davomida özi faoliyat yuritib turgan mamlakatidagi ustuvor vazifalarni belgilab oldi. Mahalliy OAVlar elçining çiqişidan kelib çiqqan holda, bu vazifalarni beştaga ajratişdi.
Aslida esa ular sonini uçtagaça qisqartiriş mumkin.
- AQŞ va Özbekiston örtasidagi strategik şeriklik;
- Vaşington tomonidan Özbekistondagi "islohotlar siyosati"ni çeksiz qöllab-quvvatlaş;
- Özbekistonga amerika biznesining kirib kelişini taʼminlaş.
"Inson huquqlari" va "madaniy almaşinuvlar" haqidagi balandparvoz gaplar alohida punktlarga ajratilgan edi. Ammo ular amerika siyosatining mustaqil qarorimas, balki AQŞ öz strategik maqsadlarini amalga oşiriş uçun lozim bölgan vositadir. Bu yerda "islohotlar siyosati"ni ham qöşiş mumkin edi, agar u ("islohotlar siyosati") ", milliy siyosiy landşaftni haqiqatan tubdan özgartirmaganida.
Aslini olganda elçi Rozenblyum özbek rahbariyatiga Toşkentda özining anʼanaviy maqsadlariga erişişni xohlaşini maʼlum qildi:
- mahalliy hokimlikni susaytirişni;
- uni öz nazoratiga olişni;
- Özbekiston salohiyatidan mintaqadagi özining ustuvor vazifalarini amalga oşiriş yölida iş materiali sifatida foydalanişni;
- amerika biznesiga özbek davlati parçalanişidan foydalanib qolişga ruxsat berişni.
AQŞ xuddi şunday maqsadlarni Yugoslaviya va Liviya, Suriya va Iroq, Afğoniston va Qirğiziston, Gruziya va Armaniston, Eron va Ozarbayjon, Ukraina va Moldovada közlagan. Natijalar har-xil bölib, u köproq Vaşingtonning urinişlari emas, balki mahalliy elitaning adekvatligiga boğliq bölgan.
Milliy davlatçilikning susaytirilişiga qaratilgan va uning salohiyatidan öz geosiyosiy maqsadlariga erişiş yölida foydalangan amerika siyosati milliy elitalar tarqoq holatga kelgan joylarda ham muvaffaqiyat qozongan.
Aynan içki ziddiyatlar ojiz tomonni taşqi öyinçi yuzida kömakdoş izlaşga majbur etadi. Bu kömakni oppozitsiyadan yulib oliş uçun qator holatlarda amaldagi hokimiyat (Ukraina Kuçma davrida, Moldaviya Voronin davrida, Gruziya Şevardnandze davrida)ning özi amerika vassali bölişga rozi bölgan. Ular Vaşington mijozi holatiga ötiş davrini "Yevropaga integrallaşuv" ritorikasi bilan niqoblaganlar.
Ammo bu na amaldagi hokimiyat, na milliy davlatçilikni qutqargan. Aksinça, ular amerikaliklarga öz şaxsiy siyosatini amalga oşirişga qulay şart-şaroitlar yaratib berganlar.
Şu tariqa, amerika elçisining aytganlariga baho berar ekanmiz, biz: nega aynan şu ustuvor vazifalar, deb emas, balki nega hozir degan savolni berişimiz kerak. Şu maqsadlarga erişişga intiliş hamişa kuzatilgan holat. Bugun Vaşington ular haqida oçiq aytmoqda, çunki Özbekistonni faol harakatlar uçun qulay maydon, deb hisoblaydi.
Nega amerikaliklar bunday öylaydi?
Çunki Özbekistonda rahbar almaşuvi yaqinda yuz berdi. 2016-yil Islom Karimov vafot etgaç, dekabrda Özbekiston prezidenti etib Şavkat Mirziyoyev saylandi. Hokimiyat tranziti tinç va osuda keçdi, bunday vaqtlarga xos bölganidek, eski elitalarning bir qismi oldingi taʼsiridan mahrum böldi, "Karimovdan keyin" siyosiy ösişga nomzod bölganlarning ayrimlari öz kutişlarida aldandilar.
Hokimiyat almaşinuvi röy bergandan buyon yangi hokimiyat strukturasi tölaqonli mustahkam bölişi uçun yetarliça vaqt ötgani yöq.
Bu bir qism elitalar noroziligini çuqurroq parçalanişga aylantirib yuboriş uçun qulay lahza. Har holda amerikaliklar şunday hisoblaydi.
Xususan, AQŞning Özbekistondagi elçisi Vaşington Toşkentdagi hokimiyatni susaytiriş uçun siyosiy, iqtisodiy, madaniy va mafkuraviy dastaklarni qöllaşini va Özbekiston milliy manfaatlari orqali amerika taşqi siyosatini amalga oşiruvçi oddiy realizatorga aylantirmoqçiligini maʼlum qildi.
Endigina özini taniyotgan yangi özbek hukumatining nisbatan ojizligini hisobga olgan holda, AQŞ uşbu siyosatini ayniqsa faol amalga oşiradi.
Rozenblyumga oçiqlik uçun rahmat.









