Birinçi fevraldan kimning maoşi oşadi?

Özbekistonda 1 fevraldan boşlab maoşlar va ayrim ijtimoiy tölovlar miqdori oşadi.

“2021 yil 1 fevraldan boşlab byudjet muassasalari va taşkilotlari xodimlarining iş haqi hamda stipendiyalar miqdori 1,1 barobarga oşirilsin”, – deyilgan prezident qarorida.

Şuningdek qöyidagi tölov miqdorlari ham oşiriladi:

  • mehnatga haq tölaşning eng kam miqdori – oyiga 747 300 söm (avval 679 330 söm);
  • bazaviy hisoblaş miqdori – 245 ming söm (avval 223 ming söm);
  • 4 yoşgaça bolalari bölgan oilalarga nafaqa:

                  a) 1ta bolali oilalarga – 144 100 söm (avval 131 ming);

                  b) 2ta bolali oilalarga – 238 700 söm (avval 217 ming);

                  v) 3ta va undan ortiq bolali – 334 400 söm (304 ming);

Oşmaydigan tölov turlari:

  • Bola ikki yoşga tölgunga qadar bola parvarişi böyiça nafaqa – 434 ming söm;
  • Kam taʼminlangan oilalarga beriladigan moddiy yordam –  326 mingdan 653 ming sömgaça;
  • Qoraqalpoğiston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi muhtoj oilalarga bir martalik moddiy yordam – 434 mingdan 1 085 ming söm (avval ham  şunça, yaʼni oşmaydi) etib belgilangan.

Maoşlar va nafaqa tölovlari böyiça uşbu özgarişlar 2021 yil uçun “Özbekiston Respublikasining Davlat byudjeti töğrisida”gi Qonuni ijrosini taʼminlaş maqsadida amalga oşirilmoqda.

×