Uşbu pavilon Sovet davrida VDNXning eng çiroyli binolaridan biri bölgan va sanʼat asari hisoblangan.
TOŞKENT, 11 iyul – Sputnik. Özbekiston boş vaziri Abdulla Aripov va Rossiya hukumati raisining örinbosari Olga Golodets Xalq xöjaligi yutuqlari körgazmasi hududidagi (VDNX) “Özbekiston” paviloniga taşrif buyurdi. Hozirda bu yerda restavratsiya işlari olib borilmoqda. Bu haqda Rossiya Hukumati matbuot xizmati xabarqildi.
2019 yilning 30 may kuni Rossiya va Özbekiston hukumatlari tomonidan Xalq xöjaligi yutuqlari körgazmasi hududidagi №66 pavilonda “Özbekiston körgazma-madaniy markazi”ni yaratiş töğrisidagi kelişuv imzolagan edi.Unga köra pavilon va unga tegişli yer uçastkasi Özbekiston tomoniga 49 yilga ijaraga berilgan.

“Özbekiston uşbu pavilonning oçilişiga alohida eʼtibor qaratmoqda. Bu juda ajoyib pavilon. U Özbekistonning ruhi va muhitini ifodalaydi”, — deydi Olga Golodets.
Pavilon Özbekistonga joriy yilning oktyabrida topşirilişi rejalaştirilgan.
Abdulla Aripovga Moskva viloyatini boşqariş tizimi namoyiş etildi
Pavilon binosi 1950 yillarda Moskvada keng tarqalgan “Stalin ampiri” hamda özbek milliy meʼmorçiligi aralaşmasi uslubida qurilgan. Uşbu pavilon öşa vaqtlarda VDNXning eng çiroyli binolaridan biri bölgan va sanʼat asari hisoblangan.
Pavilondagi taʼmirlaş-tiklaş işlari 2017 yil oxirida boşlangan. Moliyalaştirişni Rossiya Madaniyat vazirligi öz zimmasiga olgan, obʼekt yaqin vaqtlarga qadar uning zimmasida bölgan. Hozirda tarixiy binoda murakkab restavratsiya işlari olib borilmoqda.









