Abdulla Aripov lotin yozuvidagi alifboga ötişni tezlaştiriş böyiça topşiriq berdi

Abdulla Aripov lotin yozuvidagi alifboga ötişni tezlaştiriş böyiça topşiriq berdi

Boş vazir Abdulla Aripov barça vazirliklar, idoralar va taşkilotlar, şuningdek, Qoraqalpoğiston Vazirlar kengaşi, Toşkent va viloyatlar hokimliklariga lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosiga ötişni tezlaştiriş böyiça topşiriq berdi. Tegişli hujjat 1 iyul kuni imzolangan, deb xabar beradi «Gazeta.uz».

Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 10 fevraldagi qarori bilan lotin alifbosiga töliq bosqiçma-bosqiç ötiş böyiça «yöl xaritasi» tasdiqlangan edi. Unga köra, hozirda kirill alifbosida yuritiladigan barça joy va köça nomlari, atamalar, taşkilotlarning nomlari, peşlavhalar, ommaviy tarğibot vositalari, reklama va eʼlonlar, iş qoğozlari va turli blanklar 2022 dekabriga qadar lotin grafikasiga ötkazilişi belgilangan.

Biroq boş vazir qaroriga köra, Özbekiston mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan uşbu vazifani 2021 yilning 1 avgustiga qadar bajariş topşirilgan.

«Reklama töğrisida»gi qonunning 5-moddasiga köra, Özbekiston hududida reklama davlat tilida yoki reklama beruvçining xohişiga köra boşqa tillarda tarqatiladi. Belgilangan tartibda röyxatga olingan tovar belgilari (xizmat körsatiş belgilari), bosma usulda terilgan böğinli belgilar (logotiplar) asli qaysi tilda bölsa, şu tilda keltirilişi mumkin.

×