Abdulla Aripov MQKQni populizmda aybladi. Bunga internet-foydalanuvçilar javob qaytardi

Abdulla Aripov MQKQni populizmda aybladi. Bunga internet-foydalanuvçilar javob qaytardi

Boş vazir Abdulla Aripov 12 oktyabr kuni axborot muhiti, matbuot kotiblarining samaradorligi, ularning axborot bilan işlaş faoliyatidagi muammo va kamçiliklar hamda boşqa masalalar muhokama qilingan yiğiliş ötkazgan.

Gazeta.uz'ning yozişiça  yiğilişda hukumat rahbari Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi raisi Najmiddinxöja Şaripovni tanqid qilgan va qömitaning UzAuto Motors kompaniyasiga qarşi harakatlarini populistik deb atagan.

Eslatib ötamiz, 2 oktyabrdan boşlab Toşkent şahar maʼmuriy sudida UzAuto Motors kompaniyasining Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi maxsus komissiyasi qarorini bekor qiliş böyiça kiritgan şikoyati körib çiqilmoqda.

Oldinroq Monopoliyaga qarşi kuraş qömitasining maxsus komissiyasi tomonidan ötkazilgan tekşiruvlar kompaniya avtomobil narxlarini 3 million sömdan 19 million sömgaça asossiz oşirganini tasdiqlagan, narxlarning asossiz oşirilgan qismlarini bekor qilib, avtomobillarni kamaytirilgan narxlarda sotiş böyiça körsatma bergan edi. UzAuto Motors esa bunga «avtomobillar narxi asosli va hozir narxni pasaytiriş imkonsiz» deya javob qaytargan edi.

Kompaniya öşanda Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasining bayonotlarini populistik, harakatlarini esa masʼuliyatsizlik deb atagan, va uşbu stsenariy eng yirik milliy korxonalardan birini bankrotlikka olib kelişi mumkinligini aytgan edi.

Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasining boş vazir tomonidan tanqid qilinişiga oid xabarlar tarqalgaç, internet foydalanuvçilari, taniqli blogerlar bilan bir qatorda, özlarini ham populist deb ataşdi.

“Kimdir tomonidan ixtiro qilingan monopoliyalarni boqişdan çarçagan bu mamlakatning köplab aqlli fuqarolari “populistlar” kabi körinadi”, — deb yozadi  Aziza Umarova.

“Agar Monopoliyaga qarşi kuraş qömitasi öğri va muttaham monopolistlarga qarşi şunça qilayotgan işlari ortidan populist deb nomlansa, men ham populistman. Agar yagona saylangan deputat Kuşerbayev monopolist UzAuto Motors’ga qarşi jarayonlarda populist atalsa, men uning yonidaman va bundan faxrlanaman” — deya taʼkidlaydi  Otabek Bakirov.

Manba: Effect.uz

×