Joriy yilning birinçi yarim yilligida Xitoy Özbekistonning eng yirik savdo hamkoriga aylandi.
Özbekiston Taşqi işlar vaziri Abdulaziz Kamilov Xitoy Xalq Respublikasining favqulodda va muxtor Elçisi Tszyan Yanni qabul qildi. Bu haqda TIV xabar qildi.
Xabarda qayd etilişiça, bölib ötgan suhbatda ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
“Xususan, ikki davlat hukumat rahbarlari darajasida rejalaştirilgan taşriflar bilan almaşişning amaliy jihatlari hamda delagatsiyalarning Özbeksiton va Xitoyga özaro safarlari jadvali körib çiqildi”, - deyiladi xabarda.
Şavkat Mirziyoyev Xitoyda bölib ötgan “Bir makon, bir yöl” forumi taşrifi doirasida Xitoy raisi Si Tszinpin bilan uçraşib, Özbekistonga taklif qilgan edi.
Eslatib ötamiz, avvalroq joriy yilning birinçi yarim yilligida Xitoy Özbekistonning eng yirik savdo hamkoriga aylangani haqida xabar qilgan edik. Davlat statistika qömitasi maʼlumotlariga köra, birinçi yarim yillikda ikki davlat örtasidagi özaro savdo hajmi 3,895 milliard dollarni taşkil qildi.









