Abdulla Aripov Duşanbega yetib bordi

Abdulla Aripov Duşanbega yetib bordi

Özbekiston  Boş vaziri Abdulla Aripov Savdo-iqtisodiy hamkorlik böyiça Hukumatlararo komissiyaning 7-yiğilişida iştirok etiş uçun 29 sentyabr kuni Tojikiston poytaxtiga yetib keldi. 

Duşanbe xalqaro aeroportida A.Aripovni Tojikiston Respublikasi Boş vaziri örinbosari Davlatşo Gulmuhammadzoda kutib oldi. Avval xabar qilinganidek, komissiya kun tartibida savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, energetika, qişloq va suv xöjaligi hamda madaniy-gumanitar sohalarida va boşqa ustuvor yönalişlarda ikki tomonlama amaliy hamkorlikni kengaytirişning dolzarb masalalari muhokama qiliş rejalaştirilgan. 

Taşrif doirasida Özbekiston – Tojikiston işbilarmonlari biznes-forumi va Işbilarmonlar kengaşining yiğilişini ötkaziş közda tutilgan.

×