Toşkent viloyatida murdani şaxsini aniqlaş uçun ötkazilgan DNK ekspertizasi ayolning eriga qilgan xiyonatini foş etib qöydi. Jasadning biologik otasi uning amakisi, yaʼni onasining qaynukasi bölib çiqdi. Bu haqda «Huquq» gazetasi xabar berdi.
«Ayrim ayollar yengil hayot ortidan pul topib yurgan kezlari homilador bölib qolişadi. Farzandini dunyoga keltirgaç esa uni boqişga qiynaladi va biologik otasidan aliment undiriş uçun DNK ekspertizasiga murojaat qilişadi. Bir paytlar ayoliga, oilasiga xiyonat qilib, köngilxuşlik qilgan erkaklarimizning esa mana şu jarayonda tinçligi buziladi. Ularning qanday ruhiy tuşkunlikka tuşişini tasavvur qilib köring-çi. Bolaning biologik otasini aniqlaşda öşa yengiltak ayol bilan munosabatda bölgan bir neçta erkakdan ekspertiza namunalari olinadi. Mana şunday holatga tuşgan erkaklarning ekspertiza javobi çiqqunga qadar ruhan ezilib, soçlari oqarib ketganiga ham guvoh bölganman.
Buning sababi bor, albatta. Ekspertizaga kelayotgan erkaklarning aksariyati oilali, hatto böyi yetgan farzandlari, ayrimlarining quda-andasi, nevaralari ham borligi maʼlum bölgan. Yana şunday holatlar ham böladiki, baʼzi jinoyatlarni oçiş mobaynida DNK ekspertizasi jabrlanuvçilarning özlariga ayon bölgan sirlarini foş qilib qöyadi. Şuning uçun xiyonat ertami-keçmi oşkor böladi deb bejiz aytişmaydi.
Misol uçun, bu voqea Toşkent viloyatida sodir bölgan. Öşa vaqtda 16-17 yoşlarda bölgan ösmir maktabni tugatadi. Yoşlar yiğilib, bitiruv keçasi qilişadi. Keçadan çiqib ketgan öquvçi bedarak yöqoladi. Uning ota-onasi içki işlar idorasiga xabar beradi. Ammo u topilmaydi. Baxtga qarşi oradan ança vaqt ötgaç, öşa öquvçining belgilari bölgan, lekin tanib bölmas darajaga kelib qolgan jasad topiladi. Murdaning şaxsini aniqlaş uçun DNK ekspertizasi ötkaziladi.
Ekspertiza ötkaziş uçun yöqolgan bolaning ota-onasidan namuna olinadi. Buni qarangki, ekspertiza natijasiga köra ona öşa jasadning biologik onasi ekanligi tasdiqlanadi, ammo bolaning otasi boşqa ekanini körsatadi. Jabrlanuvçilar ekspertiza xulosasiga eʼtiroz bildirişdi. Şundan söng hammasi takroran amalga oşirildi. Yana ham işonçli bölişi uçun bu safar öşa ösmirning bobosi, amakisi va boşqa yaqin kişilaridan ham namuna olinib, ekspertizaga jalb etildi. Keyingi xulosa natijasi yanada ayançli holatni oçib berdi. Afsuslanarlisi, jasadning biologik otasi uning amakisi, yaʼni onasining qaynukasi bölib çiqdi. Bir jinoyatning oçilişi ayolning eriga qilgan xiyonatini ham foş etib qöydi. U oilaning keyingi taqdiri bizga nomaʼlum», — deydi Xadiça Sulaymonova nomidagi Respublika sud-ekspertizasi markazining Odam DNKsi sud-biologik ekspertizasi laboratoriyasi mudiri Dilobar Ahmedova.









