Qirğizistonda ayol eriga ikkinçi xotin olib bergani aks etgan töy videosidan keyin tergov boşlandi (video)

Qirğizistonda ayol eriga ikkinçi xotin olib bergani aks etgan töy videosidan keyin tergov boşlandi (video)

Qirğizistonning Jalolobod viloyati Suzoq tumanida yaşovçi erkak ikkinçi xotinga uylanib, birinçi turmuşidan bölgan bolalari va birinçi ayoli iştirokida töy ötkazdi. Bunga javoban Suzoq tumani Içki işlar bölimi (IIB) «Köp xotinlilik» moddasi böyiça sudgaça bölgan tergov işlarini boşladi, deb yozadi Kloop.

Iyun oyi boşida ijtimoiy tarmoqlarda «Men kundoşimga emas, singlimga baxt tilayman» nomli video tarqaldi. Videoda suzoqlik ayol eriga ikkinçi xotin olib bergani aks etgan.

Restoranlardan birida suratga olingan video birinçi ayolning eriga baxt tilagan sözlari bilan boşlanadi. «Men kundoşimga emas, singlimga baxt tilayman. Hamişa birga xursand bölib yuraylik. Baxtli böling!» — deydi ayol.

Şuningdek, videoda ikki bolakay — qiz va öğil «ikkala onamiz bilan baxtli böling» deya otasini tabriklayotganini köriş mumkin.

Mehmonlardan biri bu işni faqat mard odamlar qila olişini aytib, erkakning birinçi xotiniga minnatdorçilik bildirgan va ayolning öz sözida turişiga umid bildirgan.

Tadbir davomida erkak ikkala xotini bilan raqsga tuşgan, töy qatnaşçilari qarsak çalib, ularga pul yopiştirgan.

Jalolobod viloyati Içki işlar boşqarmasi matbuot kotibi Şerqul Turganboyevning taʼkidlaşiça, uşbu holat 10 iyun kuni «Köpxotinlilik» moddasi bilan röyxatga olingan.

Turganboyevning sözlariga köra, erkak ikkala xotin bilan ham yaşaydi, lekin boşqa-boşqa uyda. Matbuot kotibi tergov tadbirlari natijasida tegişli çoralar körilişini vaʼda qildi.

Qirğizistonda köpxotinlilik taqiqlangan. Ilgari Jinoyat kodeksida köpxotinlilik uçun ikki yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş közda tutilgan edi. Biroq 2017 yilda kiritilgan özgartirişlarga köra, uşbu jazo jarima bilan almaştirilgan.

×