21 noyabr, payşanba kuni soat 01:10 atrofida 26 yoşli N.M., 25 yoşli I.X. va 23 yoşli N.I. yuzlarini tibbiyot niqobi bilan berkitgan holda Çilonzor tumani, 18-mavzedagi MÇJga qaraşli dorixonaga kirib, sotuvçi X.M.ning yuziga urib, sumka içidagi 16 500 000 söm va kassadagi 1 500 000 sömni qölga kiritib, hodisa joyidan yaşiringan. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti maʼlum qildi.
Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida I.X. jinoiy şeriklari bilan birga uşlangan.
Mazkur holat yuzasidan Çilonzor tumani böyiça IIO FMB huzuridagi tergov bölimi tomonidan Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi «v» bandi (talonçilik) bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Dastlabki tergov jarayonida I.X., N.M. va N.I.ga nisbatan JKning 164-moddasi 3-qismi «v» bandi (bosqinçilik) bilan ayblov eʼlon qilinib, qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi qöllanilgan.
Hozirda uşbu jinoyat işi böyiça dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.









