Çortoqlik ikki öquvçi Ispaniyada ötkazilgan onlayn musiqiy tanlovda ğolib böldi

Çortoqlik ikki öquvçi Ispaniyada ötkazilgan onlayn musiqiy tanlovda ğolib böldi

Çortoqlik ikki nafar öquvçi qiz Ispaniyada ötkazilgan onlayn tanlovda pianino yönalişida xalqaro toifadagi ğoliblik diplomi bilan taqdirlandi. Bu haqda Çortoq tuman hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Çortoq tumanidagi 14-sonli musiqa va sanʼat maktabi tarbiyalanuvçilari – Dilnoza Davlataliyeva 9-maktabning 5-sinfini, Dilrabo Abdulhamidova 47-maktabning 4-sinfini tamomladi. Sanʼatga mehri baland bölgan bu iqtidorli qiz dunyoning 100 dan ortiq  davlati örtasida “World Art Games” şiori ostida ötkazilgan xalqaro tanlovda 10-12 yoş toifasida pianino yönalişida faxrli 2-örinni qölga kiritib, xalqaro toifadagi diplom bilan taqdirlandilar.  

×