Xorazm viloyati prokuraturasi bölim katta prokurori Sanʼat Bobojonov xotinini öldirgan erkakning jinoyatlari tafsilotlarini maʼlum qildi. "Huquq" gazetasining rasmiy saytida eʼlon qilingan maqolada 2017 qurilgan oilaning ayançli yakuni haqida söz boradi.
Maʼlum bölişiça Oston Qalandarov (ism-familiyalar özgartirilgan) 2017 yilda oila qurgan. U töydan 2-3 oy ötib xotiniga qiimmatbaho telefon olib, Rossiyaga işlagani ketadi. Şundan söng işlab yurgan joyidan xotiniga qönğiroq qilsa doim "ojidaniye"ga tuşadigan bölib qoladi. Xotini "kim bilan sözlaşyapsan?" degan savolga doim dugonalarim deb qutilib qoladigan böladi.
Ostonning onasi unga 2018 yil bahorida xotini buvisinikiga ketib qolganini aytadi va yozda erkak uyiga qaytdi. Qaytgaç onasi unga telefon raqamlar röyxatini berib, "bu xotining gaplaşib yurgan erkaklar" deydi. Erkak röyxatni qöliga olib, janjal çiqmasligi uçun yoqib yuboradi. Şundan söng Oston xotinini uyiga olib kelib, heç narsa bölmagandek yaşay boşlaydi. Bu orada er xotinining telefonini işlatişni boşlaydi va öşanda ham unga turli xil sms va qönğiroqlar kelaveradi. Xotinidan kimligini sörasa bilmayman deb, yana buvisinikiga ketib qoladi. Orada esa xotini homilador ham böladi. Oston şundan keyinam xotinini olib kelişga urinadi, lekin ayol könmaydi. Bu orada telegramdan ham xotiniga işqiy xabarlar kela boşlaydi. Bularga çiday olmagan Oston Qozoğistonga işlagani ketadi.
U yerda xotini eriga yiğlab telefon qilavergaç, Oston köngli böşlik qilib qaytib keladi va xotinining iltimosiga köra buvisinikida birga yaşay boşlaşadi. 2019 yilning bahorida ular farzandli bölişdi va yigitning ota onasi ularni Ostonning uyida yaşaşga köndiradi.
Kunlarning birida yigit mardikorlik qilib işlab yurganida unga otasi qönğiroq qilib xotini yana buvisinikiga ketib qolganini aytadi. Şunda Oston işlab turgan yumuşini taşlab, qöliga qoziqni olib, xotinini qörqitib qöyiş uçun buvisinikiga ketadi. U yerga borsa buvisi Ostonning yoqasiga osiladi va futbolkani yirtib yuboradi. Bundan ğazablangan erkak buvining yuziga şapaloq tortib, içkaridan otilib çiqqan xotinini qoziq bilan uradi. Uşbu qilmişidan söng Oston IIB tomon ketadi. Xodimlar voqea joyiga kelganda esa buvi xuşsiz, ayol esa jonsiz holda topiladi.
Sud hukmiga köra Oston 11 yilu 6 oyga qamaladi. Örtada bola yetim qoldi...
Maqolani muallif, prokuror quyidagi sözlar bilan yakunlaydi.
"Uşbu qotillik röy bermasligi mumkinmidi? Yigit xorijda sarson-sargardon yurmasdan, yoş kelinçakni taşlab ketmasdan, şu yerda iş topganida, balki bu fojia bölmasmidi. Ammo vaqtni ortga qaytarişning iloji yöq. Bundan boşqalar xulosa çiqarişi kerak".









