Şavkat Mirziyoyev: "Men prezident sifatida muxolifatga qarşi emasman"

Şavkat Mirziyoyev: "Men prezident sifatida muxolifatga qarşi emasman"

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi maktabning yangi binosida yoşlar bilan uçraşgan prezident Şavkat Mirziyoyev siyosiy muxolifat borasida fikr bildirib ötdi, deb xabar qilmoqda Kun.uz naşri.

Xabarga köra, davlat rahbari oppozitsiyaga qarşi emasligi, ammo u çetdan kirib kelişini yoqlamasligini bildirgan.

"Internetda muxolifat haqida gap ketyapti. Menga ham "Oppozitsiya yöq", deb aytişadi. Oppozitsiya nima u? U qanday foyda beradi?
U şu yerda bölişi kerak. Qanday qilib çetdan keladi? Bu yerning şart-şaroiti, muhitini bilmaydi. Albatta, men prezident sifatida muxolifatga qarşi emasman. Lekin u özimizda şakllanişi kerak, buning uçun şu yerda muhit yaratilişi kerak. Toki u odamlarning muammolarini bilsin, şu yerda non yeb, şu yerda suv içgan bölsin", – degan Mirziyoyev.

Prezident xorijdan keladigan muxolifatga qarşiligini taʼkidladi, deb yozadi naşr.

×