24 iyul Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning tavallud ayyomi. Bugun davlatimiz rahbari tabarruk 63 yoşni qarşi oldi.

Şavkat Miromonoviç Mirziyoyev 1957 yil 24 iyulda Jizzax viloyatining Zomin tumanida şifokor oilasida tuğilgan. Millati - özbek. Oliy maʼlumotli, 1981 yili Toşkent irrigatsiya va qişloq xöjaligini mexanizatsiyalaş muhandislari institutini tugatgan. Muhandis-mexanik mutaxassisligiga ega. Texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Mehnat faoliyatini 1981 yilda Toşkent irrigatsiya va qişloq xöjaligini mexanizatsiyalaş muhandislari institutida boşlab, kiçik ilmiy xodim, katta öqituvçi, dotsent, öquv işlari böyiça prorektor lavozimlarida işladi.
1990 yili Respublika Oliy Soveti deputatligiga saylanib, ayni vaqtda Mandat komissiyasining raisi sifatida ham faoliyat körsatgan.
1992 yilda Toşkent şahrining Mirzo Uluğbek tumani hokimi lavozimiga tayinlandi. 1996-2001 yillarda Jizzax viloyati hokimi, 2001-2003 yillar mobaynida Samarqand viloyati hokimi lavozimlarida işlab, mazkur tuman va viloyatlarni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirişga katta hissa qöşdi.
Ijro hokimiyatidagi faoliyati bilan bir paytda 1995-2003 yillarda Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining deputati sifatida ham mamlakatni siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş hamda demokratik islohotlarni amalga oşiriş borasidagi muhim qonun hujjatlarini işlab çiqiş va qabul qiliş jarayonida faol iştirok etib, samarali faoliyat olib bordi.
Ş.M. Mirziyoyev mamlakatimiz mustaqillikka erişgan ilk kunlardan boşlab Özbekiston Respublikasining Birinçi Prezidenti Islom Karimovning yuksak işonçini qozonib, uning yaqin safdoşi va maslakdoşi sifatida samarali faoliyat olib borgan.


Ş.M. Mirziyoyev 2003 yilda Özbekiston Respublikasining Boş vaziri etib tasdiqlandi va uşbu lavozimga yana uç marta - 2005, 2010, 2015 yillarda Oliy Majlis palatalari tomonidan qayta tasdiqlandi.
Birinçi Prezident davrida Şavkat Mirziyoyev "Mehnat şuhrati" va "Fidokorona xizmatlari uçun" ordenlari bilan taqdirlangan.
Özbekistonning birinçi Prezidenti Islom Karimov vafotidan söng 2016 yil 8 sentyabr kuni Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi va Senatining qöşma majlisida parlament palatalarining qöşma qaroriga muvofiq Özbekiston Respublikasi Prezidentining vazifa va vakolatlarini bajariş vaqtinça Özbekiston Respublikasi Boş vaziri Ş.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklandi.
2016 yilning dekabr oyida bölib ötgan Prezidentlik saylovida Şavkat Mirziyoyev 88,61 foiz ovoz bilan Özbekiston Prezidentligiga saylandi.
Davlat rahbarining ikki qizi — Saida va Şahnoza Mirziyoyevalar hamda Alişer ismli öğli bor.

Prezdiyentning turmuş örtoği, Özbekistonning birinçi xonimi — Ziroat Mirziyoyeva "Zamin" fondi rahbari.
Biz ham köp sonli xalqimiz va jamoamiz nomidan Prezidentimizga uzoq umr, salomatlik va xalq farovonligi yölidagi maşaqqatli faoliyatlarida yuksak zafarlar tilab qolamiz.










